AQSH prezidenti Jo Bayden 26-avgust kuni Rossiya tomonidan Ukrainaning energetik infratuzilmasi bo‘ylab yoppasiga berilgan havo zarbalarini qoralab chiqdi.
“Men Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi va Rossiyaning ukrainaliklarni zulmatga g‘arq qilish urinishlarini keskin qoralayman. Rossiya hech qachon Ukrainada muvaffaqiyatga erisholmaydi. U Ukraina xalqi ruhini sindirishga muvaffaq bo‘lolmaydi”, degan AQSH prezidenti.
O‘z bayonotida prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi 50 dan ortiq mamlakatdan iborat koalitsiya Ukrainaga mamlakat himoyasi uchun o‘ta muhim bo‘lgan harbiy anjomlar, shu jumladan havodan mudofaa tizimlarini yetkazib berayotganini urg‘ulagan. AQSH uchun Ukrainaga bunday tizimlarni yetkazib berish ustuvor vazifa bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga energetik infratuzilmani dastaklash va ta’mirlash uchun jihozlar yo‘llamoqda.
AQSH prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda og‘ishmay harakat qilishiga ishontirgan.
“Bu dastak Ukraina g‘alabasiga qadar davom etadi”, deyilgan Bayden bayonotida.