Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 17:39

Bayrutda “Hizbulloh”ning matbuot kotibi o‘ldirildi


Isroil tomonidan Bayrut markaziga uyushtirilgan hujum oqibatlari, 2024-yil 17-noyabri
Isroil tomonidan Bayrut markaziga uyushtirilgan hujum oqibatlari, 2024-yil 17-noyabri

Livandagi “Hizbulloh” radikal guruhining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar uchun mas’uli Muhammad Afif Isroil armiyasining Bayrutga hujumi natijasida halok bo‘ldi, deya xabar qildi Livanning Al-Mayadeen telekanali.

Reuters agentligi manbalardan olingan ma’lumotga tayangan holda zarba “Hizbulloh”ning qarorgohi joylashgan Bayrut chetidagi Dohiyaga emas, Livan poytaxti markazidagi Ras an-Nab’a mavzeiga berilgani haqida yozgan. “Hizbulloh” AQSH va Isroilda terror tashkiloti deb tan olingan. Yevropa Ittifoqida “Hizbulloh”ning harbiy qanoti terror tashkiloti o‘laroq tan olingan, Livan parlamentida o‘z deputatlariga ega “Hizbulloh” siyosiy partiyasi esa YI nazdida terror tashkiloti emas.

Livan maxsus xizmatlaridagi manbalar Reuters agentligiga Isroil “Hizbulloh” bilan kurash doirasida Livan hududlarini o‘qqa tutishni boshlaganidan keyin Dohiyaning ko‘plab turg‘uni Ras an-Nab’aga ko‘chib o‘tishganini aytishgan. Agentlik suhbatdoshlari Isroil zarba haqida avvaldan ogohlantirmaganini ham iddao qilishgan.

Reuters Isroil “Hizbulloh”ning aniq harbiy roli bo‘lmagan yuqori lavozimli mulozimlariga kamdan-kam holatlarda zarba berishiga e’tibor qaratgan. “Bayrut markaziga ham isroillik harbiylar tez-tez hujum uyushtirishmaydi”, deya qayd etilgan agentlik xabarida.

Muhammad Afif “Hizbulloh”ga 30 yildan ko‘proq vaqt mobaynida rahbarlik qilgan Hasan Nasrullohning matbuot bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi edi. Hasan Nasrulloh 27-oktyabr kuni Isroil tomonidan Dohiyadagi “Hizbulloh” ofisiga qilingan hujum natijasida o‘ldirilgan edi.

Qarorgohi Livanda bo‘lgan “Hizbulloh” eronparast guruhi AQSH va Yevropa Ittifoqida terror tashkiloti deb topilgan va 2023-yil 7-oktyabrida Isroil janubiga hujum uyushtirgan HAMAS guruhi bilan birdamlik alomati o‘laroq Isroilga hujumlarni kuchaytirgan edi. Bunga javoban sentyabr oyida Isroil Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi harbiy amaliyot boshlagan.

XS
SM
MD
LG