Линклар

Шошилинч хабар
09 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:28

Bishkek o‘zbek-qirg‘iz chegarasi 100 % hal bo‘lganini aytdi, Toshkent hali rasmiy bayonot bergani yo‘q


Qirg‘iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyev Bosh vazir Abdulla Aripov bilan. Toshkent, 2021, mart
Qirg‘iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyev Bosh vazir Abdulla Aripov bilan. Toshkent, 2021, mart

Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara masalasi 100% hal bo‘ldi. Bu haqda 26 - martda Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati (Azattiq radiosi) savoliga javoban Qirg‘iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.

Tashiyevning aytishicha, ikki davlat o‘trasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiyalash komissiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan majlisida tegishli bayonnoma imzolangan. MXDQ raisiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida bahsli chegara hududi qolmagan.

O‘zbek tomoni hozircha chegara muzokaralari yakuniga doir rasmiy bayonot e’lon qilgani yo‘q.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘langan kun.uz ning xabar qilishicha, vazirlik vakili Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar ishchi guruh faoliyati davomida tuzilgan loyihalar bo‘lib, yakuniy kelishuvlar ikki davlat bosh vazirlari tomonidan tasdiqlangach, e’lon qilinadi, degan.

Qirg‘iz xabar agentliklari Tashiyevning "qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi barcha bahsli hududlar masalasi yechildi. Endi ular (bahsli hududlar) bo‘lmaydi", - degan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, chegaralar masalasida "yutganlar va yutqizganlar yo‘q".

Kaktus.media nashri Tashiyevdan iqtibos keltirishicha, ikki davlat o‘rtasida "yer berish bo‘lmaydi, balki yer almashilishi" haqida so‘z ketmoqda.

Tashiyev boshchiligidagi qirg‘iz hukumat hay’ati 23-25 - mart kunlari Toshkentda O‘zbekiston hukumat komissiyasi bilan davlat chegarasiga doir muzokaralar olib borgan. Muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan Bosh vazir Abdulla Aripov qatnashgan. O‘zA axborot agentligining xabar qilishicha, "muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilish to‘g‘risidagi bayonot imzolandi".

Biroq O‘zA xabarida qo‘shma bayonot mazmuni ochiqlanmagan.

Bayonnoma mazmunini qirg‘iz tomoni ochiqladi.

Kimga nima o‘tdi?

Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyev bunday dedi:

"O‘rtato‘qay (Kosonsoy) suv ombori qirg‘iz tarafda qoldi. Ombordagi suvning 95%dan o‘zbek tomoni foydalanadi. Biz tarafga Ko‘kserek (Qoraqo‘rg‘on) qishlog‘i va 105 gektar yer biz tarafga yozildi. Olabuqadagi Bayastan uchastkasidagi 212 gektar, Qorasuvga qarashli Oqtoshda 100 gektar, Unkurtog‘dan 35 gektar, Unkurtog‘ to‘lig‘icha bizga yozildi. Qorabeles uchastkasidan 25 gektar yerni qaytarib oldik. O‘rtato‘qay suv omborining hisobidan bizga o‘tdi".

Shuningdek, QR MXDQ raisining aytishicha, Jalolobod va Namangan viloyatlari chegarasidagi G‘ovasoy uchastkasidagi 8 ming gektar yer Qirg‘izistonga o‘tgan. “Qirg‘iz qishloqlarining yaylovi bor yerlari bizga o‘tadigan bo‘ldi”, degan Tashiyev.

Ayni paytda Qamchibek Tashiyevning aytishicha, Shahrixonsoy to‘g‘oni atrofidagi 50 gektar yer O‘zbekistonga o‘tgan, biroq bu yer evaziga O‘zbekiston O‘zganga yaqin yerdan 50 gektar beradigan bo‘lgan.

QR MXDQ raisi Kampirrovot suv ombori masalasi qanday hal bo‘lgani to‘g‘risida bunday dedi:

"Kampirrovot suv ombori taqriban 5737 gektar. Shundan 1300 gektari Qirg‘izistonga o‘tdi. Suvdan qirg‘izistonliklar to‘liq foydalana oladi, ular suv chetiga to‘siq qo‘ymaydi".

O‘zbekiston bilan shu paytgacha talash bo‘lib kelgan erlar bo‘yicha erishilgan kelishuv to‘g‘risida Tashiyevning aytganlarini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Bu Qamchibek Tashiyevning aytishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha 24-25 - mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma yig‘ilishi bayonnomasi mazmunidir. Endilikda bayonnoma tegishli idoralar tasdig‘idan o‘tishi, ikki davlat rahbari imzolashi va parlamentlari ratifikatsiyalashi kerak.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida 2017 - yili erishilgan kelishuv asosida ikki davlat o‘rtasidagi chegaraning 1170 kilometri (85%), o‘tgan vaqt mobaynida yana 10 % ga yaqini aniqlangani aytilgan.

Сўх жанжали: Чашма булоғи можароси, ўқ еган сўхликлар, тинч йўл билан ҳал қилинган зиддият
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:30 0:00

13 - mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Toshkentda ikki davlat orasidagi bahsli chegara masalalarini "uch oy ichida hal qilish"ga kelishib olgani ma’lum qilingandi.

Qirg‘iz tomoni O‘zbekiston chegara oldi tumanlari aholisi munosabatlarida ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelgan O‘ngartepa hududini berishga tayyorligini bildirganini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston qirg‘iz rasmiylarining O‘ngartepa borasidagi bayonotini sharhlamagan.

“So‘xga hech qanday koridor berilmaydi”

QR MXDQ raisi Qamchibek Tashiyev O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududi bilan o‘ralgan So‘x eksklavi bilan bog‘liq masalaga ham to‘xtaldi.

Tashiyevga ko‘ra, So‘x anklavidagi Qaytpas, Etikchi [chegara] postlari ochiladi. Postdan og‘ir yuk tashuvchi avtomashinalarning o‘tishiga ruxsat berilmaydi. 20 tagacha o‘rinli kichik avtobuslar, yengil mashinalargina o‘ta oladi.

“Tomonlar kelishib oldi. 2021 - yilning 1 aprelidan boshlab Rishton - Qaytpas va Etikchi - Tul chegara maskanlari ochiladi. So‘x uchun hech qanday koridor yo‘q”, dedi Tashiyev.

Qirg‘iz prezidenti Sadir Japarov 17 - mart kuni rasmiy Bishkek O‘zbekistonning So‘x anklaviga yo‘lak ochib berishga rozilik bildirgani haqidagi xabarlarni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz tomoni aviqatnovga ruxsat bergan.

Undan avval Qirg‘iziston prezidentining rasmiy saytida "Qirg‘iziston So‘x anklaviga transport va havo yo‘llarini ochishga tayyor"ligi haqida xabar berilgandi.

Oradan ko‘p o‘tmay, bu ma’lumot saytdan olib tashlangan.

XS
SM
MD
LG