Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:31

Bishkekda ommaviy mushtlashuvda qatnashgan xorijliklar qo‘lga olindi


Bishkekdagi Ichki ishlar vazirligi binosi
Bishkekdagi Ichki ishlar vazirligi binosi

Qirg‘iziston poytaxtida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan Pokiston va Bangladeshning 36 nafar fuqarosi militsiya xodimlari tomonidan tutib ketilgan. Bu haqda Ozodlikning qirg‘iz xizmati Sverdlovsk tuman IIB matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

IIB qaydicha, pokistonliklar va bangladeshliklar o‘rtasida mushtlashuv 11-iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dastavval chet elliklar o‘rtasida dahanaki jang chiqib, keyin u mushtlashuvga aylanib ketgan.

Militsiya mazkur holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv boshlagan. Bundan tashqari, IIB ma’lumotiga ko‘ra, 16 kishiga nisbatan mamlakat Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining “Xorijlik fuqarolar tomonidan Qirg‘izistonda bo‘lish va mehnat faoliyatini amalga oshirish tartib-qoidalarining buzilishi” moddasi bo‘yicha bayonnomalar tuzilgan.

IIB vakillari Sverdlovsk tuman sudi mushtlashuv ishtirokchilaridan birini “Mayda bezorilik” moddasi bo‘yicha aybdor deb topib, unga 5500 so‘m (shu kundagi kurs bilan 63 AQSH dollaridan ko‘proq) miqdorida jarima solgan, mushtlashuvning yana ikki ishtirokchisiga esa uch sutkalik qamoq jazosi tayin qilgan. Qolgan xorijliklar bilan militsiya tushuntirish suhbatlarini olib borgan.

Joriy yilning aprel oyidan boshlab maxsus xizmatlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari Qirg‘izistonda hujjatsiz yoki muddati o‘tib ketgan ruxsatnomalar bilan yurgan chet elliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar olib borishmoqda.

XS
SM
MD
LG