Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:05

Bloger Komil Axmedov hibsga olindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning 6-noyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar bo‘limi va Qo‘qon shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida bloger Komil Axmedov hibsga olingan. Bu haqda Ozodlikka huquqni muhofaza qilish organlaridagi ismi ochiqlanmaslikni so‘ragan manba ma’lum qildi.

Bloger Komil Axmedov posti
Bloger Komil Axmedov posti

Manbaga ko‘ra, Komil Axmedov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Qo‘qon shahar Charxiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning pastida joylashgan 3-sonli dorixonada ta’qiqlangan psixotrop dorilar sotilayotgani haqida xabar qilgan. Dorixona mutasaddilari bloger bilan bog‘lanib, xabarni o‘chirishni so‘rashgan.

Xabarda shahardagi dorixonalarda tramadol, lirika singari ta’qiqlangan preparatlar yashirincha sotilayotgani aytiladi.

Tergov organining dastlabki surishtiruvlariga ko‘ra, dorixona egasi huquqni muhofaza qilish organlariga bloger xabarni o‘chirish uchun 5000 AQSH dollari talab qilganini aytgan va u pulning bir qismini olayotgan paytda ushlangan.

Bloger Axmedovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshirish olib borilmoqda.

Qo‘qon shahar IIBning navbatchilik qismi blogerga oid bu hodisani tasdiqlamadi, biroq inkor ham qilgani yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Komil Axmedovning hibsga olinishi jarayoni aks etgan video tarqaldi. Unda blogerning qo‘liga kishan solingani va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ekani anglashilgan kishilar hamrohligida olib ketilayotganini ko‘rish mumkin.

Blogerning hibsga olinishi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar ma’lum emas. Ammo hodisa va rasmiy tergov o‘tmishda boshqa blogerlarga nisbatan ilgari surilgan ayblarni yodga soladi.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistonda 10 dan ziyod bloger ta’magirlik ayblovi bilan qamoqqa tashlangan.

Xalqaro tashkilotlar ushbu jinoyat ishlari so‘z erkinligi bilan bog‘liq ekanini ta’kidlashadi, ammo o‘zbek rasmiylari ularning blogerlik faoliyati uchun emas, balki jinoiy qilmishi uchun jazolanganini iddao qilib keladilar.

XS
SM
MD
LG