Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Bloomberg: Germaniya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali vataniga qaytarmoqchi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Germaniya Toshkent rasmiylari bilan afg‘onistonlik qochqinlarni O‘zbekiston orqali vataniga qaytarish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

Agentlik qaydicha, may oyi oxirida germaniyalik mulozimlar delegatsiyasi tashqi ishlar vaziri Nensi Fezer topshirig‘iga ko‘ra migratsiya va deportatsiyaga oid paktni muhokama qilish uchun Toshkentga borgan. Rejaga ko‘ra, Germaniyada boshpana berish rad etilgan va deportatsiyaga tushgan afg‘onistonliklarning bir guruhi O‘zbekistonga keltiriladi, Toshkent esa ularni qo‘shni Afg‘onistonga yo‘llaydi.

Aniqlik kiritilishicha, Kobulga reyslar xususiy aviashirkat tomonidan amalga oshiriladi. Bu Germaniyaga “Tolibon” bilan muzokaralar olib borish zaruratida qutulish imkonini beradi.

“O‘zbek rasmiylari Berlin taklifini o‘rganyapti. Ular mazkur kelishuv O‘zbekistondan Germaniyaga malakali ishchilar qonuniy migratsiyasiga imkon beruvchi ikki tomonlama moddalarni o‘z ichiga olishini istamoqda”, deyilgan agentlik xabarida.

XS
SM
MD
LG