AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiyadan boyitilgan uran importiga taqiq joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri o‘z manbalaridan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.
Agentlik qaydicha, bu shunday loyiha Senatda ko‘rib chiqilishi “oqsab qolgan”i manzarasida sodir bo‘lmoqda. Loyiha 2023-yil dekabrida AQSH Kongressi Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan, biroq u hali Senat tomonidan ma’qullangan emas.
Uran importini taqiqlash uchun prezident ma’muriyati ijroiya hokimiyatini ishga solishi mumkin. Bu orada, Bloomberg urg‘usiga ko‘ra, Oq uy va atom sanoati vakillari taqiq baribir Kongress tomonidan qonun loyihasini qabul qilish vositasida kiritilishini ma’qul ko‘rmoqda, chunki shunday qilinsa, uni bekor qilish qiyinroq bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlarga uran sotish Rossiyaga yiliga 1 milliard dollarga yaqin daromad keltiradi. Oq uy Rossiyaning uran manbalariga qaram bo‘lish “AQSH iqtisodiyoti uchun xatar tug‘dirishi”ni bildirgan. Ayni paytda, Bloomberg nashrining yozishicha, uran yetkazib beruvchini almashtirish qiyin ish bo‘lishi hamda uran qiymatining 20 foizga oshishiga olib kelishi mumkin.