Линклар

Шошилинч хабар
15 январ 2025, Тошкент вақти: 20:04

BMT Kursk viloyatining UQK nazoratidagi qismida missiyaga hozir


Ukrainalik harbiy Kursk viloyatining Suja shahrida (arxiv surati)
Ukrainalik harbiy Kursk viloyatining Suja shahrida (arxiv surati)

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kursk viloyatining hozirda Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida bo‘lib turgan qismida gumanitar missiya tashkil qilishga tayyor. Buning uchun xalqaro tashkilotga Rossiyaning roziligi kerak bo‘ladi. Bu haqda BMT bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qilgan.

Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Kursk viloyatining ukrainalik harbiylar nazorati ostida bo‘lgan hududlarda gumanitar harakat choralariga qo‘shilish iltimosi bilan BMT va Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasiga rasman murojaat qilgan edi.

O‘z navbatida, Qizil xoch qo‘mitasi vakili Galina Balzamova RIA “Novosti” agentligi bilan suhbatda tashkilot xodimlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan egallab olingan hududlarga tashrif buyurishga tayyorligi, biroq bu ish urushayotgan har ikkala tomondan xavfsizlik kafolati berilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkinligini bildirgan.

Rossiyalik rasmiylar BMT va Qizil xoch bayonotlari yuzasidan izoh berishgan emas. Ukraina TIV bayonotini esa Moskva “provokatsiya” deb atagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov har ikkala tashkilotning Kiyev bayonotiga “oqilona baho” berishiga umid bildirgan.

Kursk viloyatining Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan egallab olingan hududlarida, turli ma’lumotlarga ko‘ra, mingga yaqin tinch aholi vakili qolayotgan bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG