Линклар

Шошилинч хабар
31 декабр 2025, Тошкент вақти: 21:21

Bolalar ombudsmani: 7 yashar qizcha jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgani o‘rganilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri IIB 7 yoshli qizga nisbatan buzuq harakatlar sodir etilgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

22-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘gay ota birga yashab kelayotgan ayolining avvalgi nikohidan tug‘ilgan qiziga jinsiy zo‘ravonlik qilgani bayon etilgan videolavha tarqalgandi.

Videoda voyaga yetmagan qiz yig‘lagan holda o‘gay otasi unga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlar sodir etganini aytib bergan.

Qizchaning onasi – Qarshi shahrida yashovchi ayol IIBga holat yuzasidan murojaat qilib, 2021-yildan beri birga yashab kelayotgan eri uning norasida qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganini aytgan.

Bolaga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.

Oliy Majlis Senati joriy yil 15-avgust kuni “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullagan edi.

O‘shanda yuqori palata majlisida keyingi yillarda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘payib borayotgani, ularning oldini olish, jabrlanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi huquqiy mexanizmlari yetarli darajada samara bermayotgani qayd etilgandi.

XS
SM
MD
LG