Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 13:27

Bolasi nogiron bo‘lib qolgan ota SSVni yolg‘onchilikda aybladi


“Dok-1 Maks” ishi O‘zbekiston farmatsevtikasi tarixidagi eng mojaroli ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi
“Dok-1 Maks” ishi O‘zbekiston farmatsevtikasi tarixidagi eng mojaroli ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi

“Dok-1 Maks” ishi oqibatida nogiron bo‘lib qolgan o‘zbekistonlik bolalarga har jihatdan ko‘mak ko‘rsatilayotgani haqidagi rasmiy bayonot shubha ostiga olindi.

Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudoyorov 21-oktyabr kuni jurnalistlar bilan muloqotda “Dok-1 Maks” dorisining nojo‘ya ta’siri oqibatida nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani”ni aytgandi.

Farzandi 2022-yil dekabr oyida ushbu doridan zaharlangan va 65 kun komada yotgan Feruz Nuriddinovning Daryo.uz nashriga aytishicha, vazir jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot bergan.

“O‘sha vazir ham, uning xodimlari ham hatto davlatning birorta shifoxonasi shifokorlari biror marta o‘g‘limning holidan xabar olmagan-ku! Hatto uyimning eshigi qaysi tomonga ochilishini bilmay turib, “biz nogiron bo‘lib qolgan bolalarni davolayapmiz, ko‘mak beryapmiz” deyishga uyalmadimi? O‘sha vazirdan so‘rang-chi, dorimas, birorta shprits berganmikan?” degan jabrdiyda ota.

Qayd etilishicha, vazirning bu gapidan so‘ng ko‘pchilik ota-onalar u bilan ko‘rishish niyatida yuribdi.

Feruz Nuriddinov 5 yashar o‘g‘li Alibekni davolatish uchun uyini sotib, yaqinlaridan qarz olishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, bola gapirolmaydigan, yurolmaydigan bo‘lib qolgan.

“Dok-1 Maks” O‘zbekiston farmatsevtikasi tarixidagi eng mojaroli ishlardan biri sanaladi.

Mamlakatda 2022-yil oxirida Hindistonning Marion Biotech shirkati ishlab chiqargan dori vositalaridan bolalarning zaharlanishi kuzatilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida 68 nafar bola vafot etgan, kamida 18 nafar bola nogiron bo‘lib qolgan.

XS
SM
MD
LG