Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Boyqo‘ng‘ir kosmodromida uch nafar xorijlik qo‘lga olindi


Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan raketa uchirilishi (arxiv surati)
Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan raketa uchirilishi (arxiv surati)

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida joylashgan Boyqo‘ng‘ir kosmodromida Hollandiya va Belgiya fuqarolari bo‘lgan uch nafar chet ellik qo‘lga olingan. Bu haqda Rossiyaning TASS agentligi kuch ishlatar tuzilmalardan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 9-iyul kuni sodir bo‘lgan. Rossiya agentligi iddaosiga ko‘ra, qo‘lga olingan yevropaliklar kosmodrom hududiga noqonuniy kirib olgan.

Ularning Boyqo‘ng‘ir hududiga nima maqsadda kirgani ma’lum emas. Xabarga muvofiq, Rossiya kuch ishlatar idoralari holatni o‘rganmoqda.

Iyun oyi boshida Boyqo‘ng‘ir kosmodromi hududiga yaqin joyda fransiyalik ikki fuqaro yurgani xabar qilingan edi. Iddaoga ko‘ra, ular kosmodrom ichiga kirishga uringan diggerlar, ya’ni turli inshootlar, yerosti maskanlari, bazalar va tashlandiq obyektlarni tadqiq etuvchi kishilar bo‘lgan.

Rossiya Qozog‘istonga yiliga 115 million dollar to‘lab, Boyqo‘ng‘ir shahri va kosmodrom joylashgan hududni ijaraga olgan. Ijaraga oid kelishuv muddati 2050-yilda tugaydi.

XS
SM
MD
LG