Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 02:29

BP: 40000 dollar pora olgan tergovchi qochib ketdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahri Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi SH.SH. 40 ming dollar miqdorida pora olgach, qochib ketgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirkor I.X. ariza bilan murojaat qilib, tergovchi uning korxonasiga qarshi ochilgan jinoyat ishini hal qilib berish evaziga pora talab qilganini aytgan.

Ushbu ariza asosida joriy yilning 7-oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida SH.SH. ariza muallifidan kelishilgan 40 ming AQSH dollarini olib, jinoiy ta’qibdan qutulish maqsadida noma’lum tomonga yashiringan. 40 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan”, deyilgan BP bayonotida.

Prokuratura o‘z xabarnomasida tezkor tadbirning asosiy nishoni bo‘lgan tergovchi qanday qilib ta’qibdan qochib qutulgani va 40 ming dollar mablag‘ qay tarzda undan olib qo‘yilganiga oydinlik kiritmagan.

Holat yuzasidan SH.SH.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan va qidiruv e’lon qilingan.

Joriy yilning 13-fevral kuni Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgani ham jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG