Линклар

Шошилинч хабар
09 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:26

Britaniyalik ekspertlar Nazarboyevning nabirasi o‘limiga narkotik sabab bo‘lganini tasdiqladi


Aysultan 2020 - yilning 16 - avgustida London parklaridan birida behush holatda topilgan edi.
Aysultan 2020 - yilning 16 - avgustida London parklaridan birida behush holatda topilgan edi.

Britaniya sud-tibbiy ekspertizasi Qozog‘iston sobiq prezidentining nabirasi Aysultan Nazarboyev narkotik moddalarga ruju qo‘yganidan vafot etganini tasdiqladi.

Aysultan 2020 - yilning 16 - avgustida London parklaridan birida behush holatda topilgan edi. Kokainga ruju qo‘ygan Aysultan 29 yoshda edi.

24 - mart kuni e’lon qilingan ekspertiza xulosalari Aysultanning o‘limi borasidagi mish-mishlarga uzil-kesil nuqta qo‘yishi kutilmoqda.

Nazarboyev nabirasi o‘z oilasi korrupsiyaga botgani haqidagi ma’lumotga egaligini ham aytgan edi, bu ham uning o‘ldirib ketilganligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘lgan.

Lekin, sud-tibbiy ekspertizasini olib borgan bosh mutaxassis Fiona Vilkoks Aysultanning o‘limi narkotik moddalar iste’moli bilan bog‘liq degan politsiya, psixiatr va guvohlarning ko‘rsatmalari to‘liq tasdiqlanganini aytgan.

“Men Aysultan Nazarbayevning o‘limiga narkotik moddalar sabab bo‘lganligini aniqladim, u kokainga ruju qo‘yganidan o‘lgan. O‘limga sabab bo‘lishi mumkin deb ko‘rsatilgan qolgan barcha shubhalarga asos yo‘q deya aniq ayta olaman” degan Fiona Vilkoks.

Aysultan Nazarboyev Qozog‘iston sobiq prezidentining katta qizi Darig‘a Nazarboyeva hamda Avstriya qamoqxonasida o‘z joniga qasd qilgan Rohat Aliyevning o‘rtancha o‘g‘lidir.

U bir paytlar Qozog‘iston futbol federatsiyasida vitse-prezident lavozimida ishlagan, lekin uning nomi so‘nggi yillardagi xabarlarda asosan Qozog‘iston hukumati va o‘z oilasini korrupsiyaga botganiga oid ayblovlari bilan bog‘langan.

2019 - yilning oktabrida u narkotik ta’sirida London politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatganlikda ayblanib shartli qamoq jazosiga hukm qilingan.

Aysultan Nazarboyev 2020 - yil fevralida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana berishni so‘ragan. Sud-tibbiy ekspertizasida guvohlik bergan politsiya inspektori Kris Everetning aytishicha, o‘lim paytida uning oldidan diplomatik pasport topilgan, lekin u boshpanaga murojaat qilganligini aks etuvchi hech qanday hujjat aniqlanmagan.

“Oilamiz sevimli Aysultanning o‘limi munosabati bilan chuqur qayg‘uda. Bizni bu masaladagi shaxsiy qarashlarimiz va hissiyotlarimizni hurmat qilishingizni so‘raymiz”, — deb ekspertiza xulosalari chop etilgandan so‘ng bayonot bergan Nazarboyevlar oilasining matbuot kotibi.

XS
SM
MD
LG