Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 07:19

Chechenistonda noma’lum shaxslar Rosgvardiya mashinasini o‘qqa tutdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Chechenistonning Grozniy tumanida noma’lum shaxslar Rosgvardiyaga qarashli yuk mashinasini o‘qqa tutishgan.

Bu haqda birinchi bo‘lib NIYSO harakati a’zosi bo‘lgan va Rossiya xorijida yurgan chechenistonlik muxolifatchilar ma’lumot tarqatishdi. Ularga ko‘ra, hodisa chog‘ida rossiyalik uch nafar xizmatchi halok bo‘lgan.

Keyinroq hujum to‘g‘risidagi ma’lumotni Rossiya rasmiylariga yaqin ko‘rilgan Mash telegram-kanali tasdiqladi, biroq u qurbonlar soni to‘g‘risida boshqa ma’lumot keltirgan: kanal qaydicha, hodisada bir kishi qurbon bo‘lib, yana bir kishi yaralangan.

Mash xabariga ko‘ra, o‘qqa tutilgan “Ural” yuk mashinasi Rosgvardiyaning Urus-Martanda joylashgan 46-tezkor topshiriqlar bajaruvchi brigadasiga tegishli bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Rosgvardiya vakillariga hujum qilganlar yashirinishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular qidirilmoqda.

Oktyabr oyi boshida chechenistonliklarning 1ADAT muxolifatdagi harakati faollari Gudermesda yo‘l-patrul xizmati maskaniga hujum ortidan reydlar o‘tkazilayotgan haqida bildirishgan. Respublika rasmiylari bu ma’lumot yuzasidan izoh berishmagan.

XS
SM
MD
LG