Линклар

 
Chexiya prezidenti rossiyaliklarga fuqarolik berilishini taqiqlovchi qonunni imzoladi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 17:16

Chexiya prezidenti rossiyaliklarga fuqarolik berilishini taqiqlovchi qonunni imzoladi


Chexiya Ichki ishlar vazirligi binosiga osilgan plakat (arxiv surati)
Chexiya Ichki ishlar vazirligi binosiga osilgan plakat (arxiv surati)

Chexiya prezidenti Petr Pavel rossiyaliklarga mamlakat fuqaroligini berishga taqiq ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi. Hatto Rossiya pasportidan voz kechgan taqdirda ham rossiyaliklarning ko‘pchiligi Ukrainadagi urush tugamagunicha Chexiya fuqaroligini ololmaydi. Jinoyat kodeksiga xorijiy davlat bilan ruxsat etilmagan hamkorlikni taqiqlovchi yangi modda kiritilmoqda.

Qonun loyihasining asosiy qismi Chexiyada ukrainalik qochqinlarni qabul qilish tartibini belgilab beradi. Qochqinlarni qabul qilish tartibi muddati bir yilga uzaytirilgan, vaqtincha himoya esa qochqinlarga davlat tibbiy sug‘urtasidan foydalanish, ta’lim olish va mehnat bozoriga kirish imkonini beradi. Iqtisodiy jihatdan mustaqil qochqinlarga qonun ularning keyinchalik Chexiyada doimiy yashab qolishiga imkoniyat yaratuvchi maxsus yashash uchun ruxsatnoma olish imkonini beradi.

Ayni paytda hujjat ukrainalikning bolalarning davlat va munitsipal maktablarga qabul qilish tartibini qiyinlashtiradi, qonunning bu moddasi diskriminatsion modda o‘laroq tanqid qilingandi.

Rossiya fuqaroligi bor turg‘unlarga Chexiya fuqaroligini olishni taqiqlashga oid qonunchilikka kiritilayotgan tuzatishlar rossiyaliklar noroziligini keltirib chiqargan. Hatto Rossiya pasportidan voz kechgan taqdirlarida ham ularning arizalari muzlatib qo‘yiladi, bundan faqat siyosiy qochqinlar va yoshi 15 gacha bo‘lgan bolalar mustasno, xolos. Huquqbonlar bu moddani ham tanqid qilishgan.

Yirik muxolifat partiyasi lideri, sobiq bosh vazir Andrey Babish “xorijiy davlat bilan ruxsat etilmagan hamkorlik” uchun kiritilayotgan jinoiy jazoni tanqid qilib chiqdi. U tuzatishni Chexoslovakiyada kommunistik rejim qulaganidan buyon “so‘z erkinligi va demokratiyaga eng ayovsiz hujum” deb atadi.

Hujjat mualliflari bu moddani milliy xavfsizlik manfaatlari bilan izohlashgan.

XS
SM
MD
LG