Линклар

 
Chexiyada Rossiya pasportidan voz kechmaganlarga fuqarolik berish taqiqlanadi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 10:03

Chexiyada Rossiya pasportidan voz kechmaganlarga fuqarolik berish taqiqlanadi


Chexiya Senati
Chexiya Senati

Rossiya Federatsiyasi pasportidan voz kechmagan rossiyaliklarga Chexiya fuqaroligini berish taqiqlanishi kutilyapti. Mazkur taqiq Chexiya Senati tomonidan kuni kecha ma’qullangan Lex Ukrajina qonunida ko‘zda tutilgan. Mazkur hujjat uchun palata majlisida ishtirok etayotgan 73 nafar deputatdan 21 nafari ovoz bergan va rasmiyatchilik nuqtayi nazaridan u qabul qilingan emas. Biroq u imzo uchun prezidentga yo‘llanadi.

Qonun mualliflari va tarafdorlari rossiyaliklarga YIga a’zo mamlakat pasportini olish jarayonini qiyinlashtirish hozirgi sharoitda o‘zini oqlaydi. Birinchidan, Rossiya qariyb uch yildan buyon Ukrainaga qarshi urush olib bormoqda, ikkinchidan, Chexiyadagi rus diasporasi ichida Kreml tarafdorlari va Rossiya maxsus xizmatlari bilan bog‘liq odamlar ko‘p.

Lex Ukrajina qonunining amal qilish muddati tugagunicha 15 yoshdan katta bo‘lgan rossiyaliklardan Chexiya fuqaroligini olish bo‘yicha barcha arizalarni ko‘rib chiqish to‘xtatiladi – yangi qonunda esa uning amal qilish muddati belgilangan emas. Qonunga kiritilayotgan tuzatishlar faqat ozchilik odamlar uchun daxldor bo‘lmaydi. Ular orasida qochqinlar, yoshi 15 dan kichik bo‘lgan bolalar hamda Chexiya iqtisodiyoti va madaniyatiga alohida hissa qo‘shgan kishilarni sanash mumkin.

Qonun loyihasi Rossiya fuqarolaridan Chexiya pasportini olishdan avval Rossiya pasportidan voz kechishni talab qiladi. Biroq shunday bo‘lgan holda ham arizalar faqat Ukrainaga qarshi urush tugaganidan keyingina ko‘rib chiqiladi.

Chexiyada yashovchi rossiyaliklar va ayrim deputatlar qabul qilingan qonunni diskriminatsion hujjat, deb hisoblashmoqda. Chexiya ombudsmeni avvalroq mamlakat ichki ishlar vaziri Vit Rakushanga xat yo‘llagan edi. Qonunchilikka tuzatish kiritish tashabbusi aynan Rakushan partiyasidan chiqqan. Ombudsmen qonun loyihasini tanqid qilib, u diskriminatsiya sohasida ko‘plab savolllarni yuzaga chiqarayotganini bildirgan.

Chexiyadagi rossiyaliklarning tashabbuskor guruhi qonun ustidan sudga murojaat qilishini bildirgan.

Avvalroq mamlakat prezidenti Petr Pavel qonunga e’tirozi yo‘qligini va uni imzolashni rejalayotganini ma’lum qilggan.

XS
SM
MD
LG