Chexiya sharqida joylashgan Libava harbiy poligonida portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 9 kishi yaralangan. Ikki kishi sanitariya vertolyoti bilan kasalxonaga evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga “tez yordam” mashinalari yetib borgan.
Chexiya armiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida poligonda noma’lum snaryad portlagani aytilgan. Portlash sodir bo‘lgan joyda harbiy politsiya ish olib bormoqda.
Libava harbiy poligoni Praga shahridan taqriban 250 kilometr olislikdagi Olomous shahri yaqinida joylashgan. 1949-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bu poligon maydoni qariyb 235,5 kvadrat kilometr keladi, deya xabar qildi iDnes. Jabrlanganlarning hammasi harbiy bo‘lishi mumkin: poligon hududiga fuqaroviy shaxslarning kirishi cheklangan.
“Chex radiosi”ning xabar qilishicha, poligonda ukrainalik harbiylar o‘q otishni mashq qilib, tibbiy va taktik tayyorgarlikdan o‘tayotgan edi. Mazkur mashqlar portlash sodir bo‘lgan paytda ham o‘tayotgan edimi, ularda kim ishtirok etayotgandi — bular haqida hozircha ma’lumot yo‘q.