Линклар

 
Chirchiq daryosida reyd: Tabiatga 675 milliard so‘m zarar yetkazilgan
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:50

Chirchiq daryosida reyd: Tabiatga 675 milliard so‘m zarar yetkazilgan


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Chirchiq daryosi hududida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat reyd tadbirlarida tabiatga qariyb 675 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro A.Q. daryodan Volvo ekskavatori hamda Howo yuk mashinasi yordamida tabiiy qum-shag‘al qazib, “S.Q.M” MCHJ tosh maydalash sexiga olib ketayotganda ushlangan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ishga doir boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi muhofaza mintaqasidan o‘zboshimchalik bilan texnika vositalari yordamida qum-shag‘al qazib olish tez-tez kuzatiladi.

Ekologiya vazirligi 2024-yil sentyabr oyida shunday huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 183 milliard so‘m zarar yetkazilganini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan 2024-yil 1-mayidan e’tiboran Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilingan. Noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik ham kuchaytirilgan.

XS
SM
MD
LG