Линклар

 
Chusovitina Jahon kubogida oltin medal sohibasi bo‘ldi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 14:57

Chusovitina Jahon kubogida oltin medal sohibasi bo‘ldi


O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina (arxiv surati)
O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina (arxiv surati)

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha, Chusovitinaning chiqishi hakamlar tomonidan 13.516 ball bilan baholangan. Ikkinchi o‘rinni 13,366 ball bilan sloveniyalik Teya Belak, uchinchi o‘rinni esa 13,283 ball bilan yana sloveniyalik Tyasa Kisselef egallagan.

Shu yil iyun oyida 50 yoshini qarshilaydigan Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida ketma-ketiga sakkiz marta ishtirok etgan jahondagi yagona gimnastikachi ayol sifatida Ginness rekordlar kitobiga kirgan. U 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020-yillardagi o‘yinlarda SSSR, Germaniya va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi o‘laroq qatnashgan.

Avvalroq Chusovitina 2028-yili Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etishga harakat qilishini bildirgan. 2024-yili Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida u olgan jarohati tufayli qatnasholmagan edi.

XS
SM
MD
LG