Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Chustda sel qulatgan devor bir qizning umriga zomin bo‘ldi


Sel sabab bo‘lgan Chustdagi fojia videosidan skrinshot
Sel sabab bo‘lgan Chustdagi fojia videosidan skrinshot

Namangan viloyatining Chust tumanida 17-iyun kungi sel toshqini bir hovli devorining qulashiga sabab bo‘lgan, natijada qulagan devor ostida qolgan qizlardan biri qurbon bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu xabarni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mahalliy matbuotga tasdiqlagan.

BP vakili qaydicha, hodisa dushanba kuni soat 16 larda Chustning “Toymosobod” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Kamarbasta ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 yashar Z. Y. va 16 yashar K.Y. hovli darvozaxonasiga sizib kirayotgan sel suvini to‘sish uchun devor yaqiniga borishgan. O‘sha paytda hovli devori ular ustiga qulab, natijada Z. Y. voqea joyida jon taslim qilgan, bir necha joyidan jarohat olgan K. Y. kasalxonaga olib ketilgan - tuman kasalxonasiga olib ketilgan 16 yashar qizning ahvoli og‘irligi aytilgan.

Holat yuzasidan Chust tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib boryapti.

XS
SM
MD
LG