Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:32

“Covid-19”ga qarshi kurashgan sanitariya xodimlari rag‘batlantiruvchi pulni to‘liq ololmadi (VIDEO)


Sirdaryo viloyat, Oq oltin tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida vrach yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Erali Mamirovning OzodMikrofonga arz qilishicha, ularga o‘tgan yilning noyabr va dekabr oylari uchun 6 foizlik qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi haq to‘lanmagan.

Erali Mamirovning aytishicha, O‘zbekiston prezidentining 5969 – sonli qaroriga asosan karantin davrida Covid 19 infetsiyasiga qarshi kurashda ishlagan 24 nafar vrach va xodim noyabr oyigacha olti foizlik ustama haqni olishgan, ammo so‘nggi ikki oy uchun bu haq berilmagan.

Санитария ходими: Рағбатлантирувчи пулни тўлиқ ололмадик¸ ишлаш шароитимиз оғир аҳволда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:51 0:00

SEOJSX xodimlari shundan so‘ng viloyat Adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.

Adliya boshqarmasi bu masalani sudga chiqargan. Sud SEOJSXni qarzdor deb tan olib, 77 million so‘mni 28 vrach va xodimlarga undirib berish vazifasini MIBga yuklagan.

“Covid-19”га қарши курашган санитария ходимлари рағбатлантирувчи пулни ололмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

MIB esa noyabr oyining 14 kunligini undirib berganicha, to‘xtab qolgan.

Erali Mamirovga ko‘ra, SEOJSXning Oqoltin tumani bo‘limi rahabri va hisobchisi allaqachon ishdan bo‘shatilgan, lekin ularga davlat tomonidan berilishi shart bo‘lgan rag‘batlantirish ish haqini berishni moliya boshqarmasi ham, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ham berishni istamayapti.

"Xodimlar juda og‘ir sharoitlarda, jonlarini xatarga qo‘yib, xalq salomatligi uchun mehnat qilgan", dedi Erali Mamirov.

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG