Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:20

"Davlat siyosatiga qarshi gapirmaganmiz, oqlang, vatanga qaytaylik!"


Bahriddin Xudoynazarov farzandlari bilan.
Bahriddin Xudoynazarov farzandlari bilan.

Yigirma ikki yildan buyon avval Rossiyada, keyin Turkiyada qochqinlikda yashayotgan navoiylik Bahriddin Xudoynazarov OzodMikrofonga murojaat qilib, Toshkentdagi 1999 - yilgi portlashlardan keyin unga tuhmat ayblov qo‘yilgani sabab, O‘zbekistonga qaytolmayotganidan arz qildi.

Bahriddin Xudoynazarovning aytishicha, garchi O‘zbekiston hukumati “qo‘li qonga botmagan” xorijdagi vatandoshlarini qaytib kelishga da’vat qilayotgan bo‘lsa-da, lekin qaytib borgan shaxslar yana tergov qilinib qamoqqa tashlanayotganini eshitib, ko‘pchilik ikkilanib qolmoqda.

Bahriddin Xudoynazarov
Bahriddin Xudoynazarov

“Men 1998 - yilda Rossiyaga ishlagani va davolangani chiqib ketgan edim. 1999 - yilgi portlashlardan so‘ng, Karmana tumanidagi uyimga ham kelishib, meni surishtirishgan. Ota-onam qaytmay tur bolam, dindorlarning ko‘pchiligini qamashyapti, deganidan so‘ng men Turkiyaga o‘tib ketdim. Ikki yil oldin menga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159, 216 - moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini advokatim orqali bildim. To‘g‘ri, men namozxon odamman, ilgari faqat yaxshilik bo‘lsin, tarbiyaviy ahamiyati bo‘lsin deb, to‘y egalarining taklifi bilan yoshlarga nasihat qilganman, halol yashashga da’vat qilganman. Lekin biror marta ham siyosatga aralashmaganman. Davlatga qarshi gapirmaganman. Menga qarshi ko‘rsatma bergan odamlar bilan ham advokatim gaplashib tilxat oldi, ular bosim ostida menga nimabatan yolg‘on guvohlik berishganini aytishgan.

Mirziyoyev prezident bo‘lganidan keyin menda katta umid tug‘ildi. Yaxshi o‘zgarishlar bo‘lyapti, bundan xursandman. Baland minbarlardan xorijdagi vatandoshlarimiz qaytsin, u zamonlar o‘tib ketdi, qo‘li qonga botmagan bo‘lsa kelsinlar, bemalol yashayversinlar deyildi. Ammo so‘nggi uch yilda O‘zbekistonga ketgan vatandoshlarimizning bir qismi yana tergov, sud qilinib kamoqqa tashlanayotgani bizni cho‘chitib qo‘ydi. Vatanga qaytishni juda istayman, otam 90 kiryapti, ko‘zi ko‘rmay qolgan. Kelgin bolam, deyapti. Bu yoqda esa bu xavf turibdi. Advokatim ham hali bormay tur, deyapti. Agar O‘zbekistonda qo‘li qonga botmagan vatandoshlar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi, degan qaror chiqsa, unda ishonamiz, bo‘lmasa ishonolmaymiz”.

Bahriddin Xudoynazarov bilan to‘liq suhbatni quyida tinglang:

"Давлат сиёсатига қарши гапирмаганмиз, оқланг, ватанга қайтайлик!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:47 0:00
Бевосита линк

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG