Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:44

Diniy ta’limga cheklov va nashida uchun qamoq. AQSH diniy erkinliklar hisobotida O‘zbekiston


O‘zbekiston, namozxonlar.
O‘zbekiston, namozxonlar.

O‘zbekiston hukumati diniy erkinliklarni ta’minlashga doir ayrim va’dalari ustidan chiqqan bo‘lsa-da, ko‘plab va’dalar amalga oshmay qolmoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamenti tomonidan 2023-yil uchun jahondagi diniy erkinliklar vaziyati yuzasidan hisobotda so‘z boradi.

An’anaviy hisobotda qariyb 200 davlat, jumladan, O‘zbekistondagi diniy erkinlik holati tahlil qilingan.

AQSH hukumati hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekistonda 35 million sunniy va 122 ming shia musulmon, 822 ming pravoslav nasroniy hamda 540 mingdan ziyod boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi aholi istiqomat qiladi.

Mamlakat qonunchiligiga muvofiq, din davlatdan ajratilgan. Binobarin, davlatning diniy tashkilotlar faoliyatiga aralashuvi taqiqlandi. 2023-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning yangi tahririda O‘zbekiston Respublikasi “dunyoviy davlat” ekani belgilab qo‘yildi.

Стив Свердлов: “Ўзбекистонда диний эркинликлар доираси торайиб бормоқда”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:42 0:00

Davlat departamentining 2022-yilgi hisobotida O‘zbekiston qamoqxonalarida terrorchilik va ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda yoki diniy fundamentalistik tashkilotlarga a’zolikda ayblangan 1800 dan ortiq mahkum saqlanayotgani qayd etilgandi.

“O‘tgan yillardan farqli ravishda hukumat (bu gal) diniy ekstremizm yoki diniy fundamentalistik tashkilotlarga aloqadorlik vajidan qamoqqa olingan mahbuslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmadi. Mahalliy OAV internetdagi diniy faoliyati sabab sudlar tomonidan qamoq yoki uy qamog‘i jazolariga hukm qilingan kamida 5 kishi haqida xabar berdi”, deyiladi hisobotda.

Hujjatda, jumladan, diniy qo‘shiq (nashida) yo‘llagani uchun jazoga tortilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Jahongir Ulug‘murodov va 21 yoshli IT mutaxassisi Sardor Rahmonqulov keyslari yodga olingan. Qayd etilishicha, 3 yil oldin sinfdoshiga yuborgan diniy qo‘shiq sabab avvaliga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, keyinroq jamoatchilik bosimi ostida 2 yil sinov muddati bilan ozodlikka chiqarilgan Sardor Rahmonqulovga nisbatan, shuningdek, davlat tomonidan tayinlangan imomlarni tanqid qilgani ortidan uzoq muddat qamoq jazosiga hukm qilingan, 2023-yil dekabr oyida esa ozodlikka chiqarilgan diniy bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayevga nisbatan tergov chog‘i qiynoq qo‘llangan.

Davlat departamenti “Forum 18” tashkilotiga tayanib yozishicha, mamlakatda reydlar o‘tkazish, uylarni tintuv qilish, hibsga olish, davlat ruxsatisiz diniy saboq berganlik uchun ma’muriy jazolash hamda jinoiy tergov orqali musulmonlar ustidan nazorat o‘rnatilgan.

“Huquq himoyachilari prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlari va din to‘g‘risidagi qonun Mirziyoyev prezidentlik lavozimiga kelgunga qadar diniy amaliyot va e’tiqodi uchun qamoqda qolgan mahbuslar ishini hal qilmagani va ular hibsda qolayotganini ta’kidlamoqda.

Mahalliy faollarga ko‘ra, Mirziyoyev prezidentligi boshlanganidan beri ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan va ko‘plab diniy mahbuslar ozod etilganiga qaramay, diniy amaliyotda ishtiroki sabab sezilarli miqdordagi mahbuslar hibsda qolmoqda”, deyiladi hisobotda.

Hisobot mualliflari “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan cheklovlarga ham e’tibor qaratgan.

“Faollar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, Amnesty International 2021-yilda qabul qilingan din to‘g‘risidagi qonunni tanqid qilib, unda ilgari amalda bo‘lgan juda ko‘p cheklovlar saqlanib qolganini aytmoqda. Xususan, diniy e’tiqodni davlat ruxsatisiz amalga oshirish, o‘qitish va baham ko‘rish taqiqlangani, shuningdek, diniy adabiyotlarga nisbatan qattiq senzura yuzasidan xavotir izhor etilgan”, deyiladi yillik hisobotda.

OzodNazar: Болалар диний таълими тарафдорлари ва қаршилар баҳслашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:52:01 0:00

Fuqarolik jamiyati faollari mamlakat qonunchiligida ekstremizm tushunchasi juda keng ma’no-mazmunda talqin etilishi, zo‘ravonlikdan xoli diniy e’tiqod bilan zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlovchi mafkuralar o‘rtasidagi aniq farq ko‘rsatilmagani borasida xavotir bildirib keladi.

Davlat departamenti tadqiqotida BMTning diniy erkinliklar bo‘yicha sobiq maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidning xulosalari ham yodga olingan. Shahid 2023-yil 27-mart kuni Toshkentdagi AQSH elchixonasida O‘zbekistondagi so‘nggi 5 yillikka oid hisobotini e’lon qilgan edi.

Sobiq ma’ruzachi 2017-yilgi tashrifi chog‘ida O‘zbekiston rahbariyatiga 12 ta tavsiya bergan. Ahmad Shahidga ko‘ra, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish, diniy ta’lim berish, diniy adabiyotlar chop etilishi jarayonini erkinlashtirishga oid normalarda “qoloqlik” saqlanib qolmoqda.

Diniy erkinlik bilan bog‘liq jinoiy, ma’muriy qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish, “ekstremizm” tushunchasini qayta ko‘rib chiqish, shaxslarga “diniy ekstremizm”, “konstitutsiyaga xilof faoliyat” tushunchalarini aniqlashtirish tavsiyasi ham bajarilmagan.
Shuningdek, “noqonuniy diniy guruhlar faoliyatida ishtirok etish”da ayblash mumkin bo‘lgan holatlarni isloh qilish va voyaga yetmaganlarga diniy ma’lumot olish imkoniyatini beruvchi sharoitlar yaratish amalga oshmagan.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari diniy motivlarga ko‘ra hibsga olingan shaxslar orasida tuhmat va uydirma qurbonlari ko‘pligi, shuningdek, diniy mahkumlarning jazo muddati yangi ayblovlar qo‘yish orqali uzaytirilishini tanqid qilib keladi. Rasmiy Vashington hisobotida ushbu amaliyotlar davom ettirilayotgani bayon qilingan.

“Diniy erkinlik faollarining aytishicha, hukumat xavfsizlik xizmatlari diniy ekstremizmga nisbatan qattiqqo‘lligini ko‘rsatish uchun mahbuslarga to‘qima ayblovlar qo‘yishni davom ettirmoqda. Taniqli advokatlardan birining hikoya qilishicha, huquq organlari ayrim shaxslarni faqat telefoniga kelgan xabarlar asosida ekstremizmda ayblagan. Hukumat rasmiylari o‘sha xabarlarda “Hizb ut-tahrir” zikr qilinganini aytgan bo‘lsa-da, hibsga olinganlarning o‘zlari bu xabarlarni yozmagan, yubormagan yoki ularga javob bermagan”, deyiladi hisobotda.

Диний идора нега фатво чиқардию нега уни қайтиб олди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:49 0:00

Mamlakatdagi xristian cherkovlari vakillari davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi byurokratik to‘siqlardan shikoyat qilgan. Masalan, “Iyegova shohidlari” Toshkent va Samarqandda ikkita yangi jamoani davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmagan. Rasmiylar mahalliy fuqarolarning “missionerlik va prozelitizm faoliyati” ustidan ko‘p sonli arizalarini rad javobiga asos o‘laroq ko‘rsatgan.

“Forum 18” tashkilotiga ko‘ra, 2023-yil aprel oyida baptistlar cherkovining Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi diniy marosimi huquq-tartibot idoralarining reydi sabab buzilgan.

AQSHning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi ham (USCIRF) 2023-yilda O‘zbekistonni “yomonlarning yomoni” ro‘yxatidan chiqargan, ammo hanuz diniy erkinliklar jiddiy ravishda buzilayotgan maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatida qoldirgan edi.

XS
SM
MD
LG