Линклар

 
Diplomatlar Turkiyadan qaytayotganlarni ogohlantirishdi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:39

Diplomatlar Turkiyadan qaytayotganlarni ogohlantirishdi


Istanbul aeroportidagi ayrim yo‘lovchilar (arxiv surati)
Istanbul aeroportidagi ayrim yo‘lovchilar (arxiv surati)

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyadan uchoqda qaytayotgan o‘zbekistonliklarni aeroportlarda begona shaxslardan O‘zbekistonga olib ketish uchun yuk olishdan tiyilishga chaqirdi.

Ular turli bahonalar bilan (masalan, og‘ir kasal qarindoshi borligi yoki yukni jo‘natish imkoniyati yo‘qligi) sizni ishontirishga harakat qilishadi. Biroq bunday va’dalarga ishonmang va begona yukni hech qanday holatda qabul qilmang!” deyilgan bosh konsulxona xabarnomasida.

Diplomatlar o‘tgan yillar mobaynida aynan shunday iltimosni bajarishga rozi bo‘lgan bir necha nafar o‘zbekistonlik noqonuniy yuklarni, jumladan narkotik moddalar va soxta hujjatlarni bilmasdan olib o‘tganlari uchun hibsga olinib, uzoq muddatlarga qamalganlarini qo‘shimcha qilgan va bunga qator misollarni keltirgan.

XS
SM
MD
LG