Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:33

Donald Tramp aybdor deb topildi. Endi nima bo‘ladi?


Donald Tramp sud zalida.
Donald Tramp sud zalida.

Nyu-York shtati hakamlik sudi sobiq prezident Donald Trampni 2016-yilgi prezidentlik saylovlari arafasida porno yulduzga qilingan to‘lovlarni yashirish maqsadida hujjatlarni soxtalashtirish ishida barcha 34 ta band bo‘yicha aybdor deb topdi. Endi nima bo‘ladi?

12 nafar hakam 30-may kuni, AQSH prezidentlik saylovlariga besh oy qolganda amaldagi demokrat prezident Jo Baydenga raqib bo‘lishi kutilayotgan Tramp ishi bo‘yicha qaror chiqardi.

Manxetten okrugi prokuraturasi Trampni 34 ta jinoyatda, jumladan, porno aktrisa Stormi Deniyelsga 130 ming dollarlik to‘lovini yashirish uchun 11 ta hisob-faktura, 12 ta vaucher va 11 chekni soxtalashtirishda aybladi. Bu uning 2006-yilda Tramp bilan jinsiy aloqasi bo‘yicha sukut saqlashi uchun to‘langan. AQSHning sobiq prezidenti 2005-yilda Melaniya Tramp bilan turmush qurgan.

Deniyels 2016-yilgi saylovlardan bir oy oldin o‘sha paytdagi prezidentlikka nomzod Tramp bilan o‘zining munosabatlarini e’lon qilishga harakat qilgan. Trampning shaxsiy advokati Maykl Koenning sudga aytishicha, u o‘z mijozi nomidan prezidentlik saylovlaridan bir necha kun oldin Stormi Deniyelsning advokatiga 130 ming dollar o‘tkazgan. Tramp keyinroq saylovda g‘alaba qozondi.

Трамп тарафдорлари Конгрессга бостириб кирди. Вашингтонда комендантлик соати жорий қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:16 0:00

Endi nima bo‘ladi?

Sudga raislik qilgan sudya Xuan Merchan hukmni 11-iyulga belgiladi. Uning og‘irligi bir necha omillarga bog‘liq bo‘ladi, deydi Michigan shtat universiteti huquq professori Brayan Kalt.

Jazolar jarima yoki sinovdan tortib to to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha borishi mumkin. Ayblanuvchilar bunday jinoyati uchun qamoq jazosiga hukm qilingan hollarda ular odatda bir yil yoki undan kamroq vaqt oladi.

Tramp sud hukmi ustidan shikoyat qilishi mumkin, ammo bu jarayon yillar davom etishi ham mumkin, deydi Kalt.

Tramp qamalishi mumkinmi?

Nazariy jihatdan mumkin, ammo Kalt buni dargumon deb hisoblaydi, chunki sobiq prezidentning ilgari jinoyat ishi bo‘lmagan. Tramp hukm chiqarilgandan keyin 30 kun ichida apellyatsiya berishi mumkin va agar shunday qilsa, jazo biroz ortga surib turiladi.

Donald Tramp va Stormi Deniyels
Donald Tramp va Stormi Deniyels

Tramp saylovda qatnasha oladimi?

AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident mamlakatda tug‘ilgan fuqaro bo‘lishi, kamida 35 yoshda va AQSHda kamida 14 yil istiqomat qilgan bo‘lishi kerak.

Bu mahkum yoki sinov muddatidagi shaxsning saylovda ishtirok etishini yoki prezident bo‘lishini taqiqlamaydi.

Sotsialistik partiya rahbari Yudjin Debs 1920-yilda isyon uchun qamalganida, panjara ortida turib prezidentlikka nomzodini qo‘ygandi. U million ovoz oldi. Jorj Bush 2000-yilda prezident bo‘lishidan qariyb chorak asr oldin mast holda mashina haydagani uchun hibsga olingan va 150 dollar jarimaga tortilgandi.

Tramp qamoqxonada yoki uy qamog‘ida prezident sifatida qasamyod qilishi mumkin. U saylovda nomzod sifatida qatnashishi mumkin bo‘lsa ham, saylovda ovoz berishdan mahrum bo‘lishi mumkin.

Bu uning saylov tashviqotiga qanday ta’sir qiladi?

Tramp sud jarayonidan o‘zining ashaddiy tarafdorlari bazasini kuchaytirish uchun foydalangan. U "meni prezidentlikdan chetlatish uchun siyosiy fitna qilishmoqda" deb ta’kidlamoqda. Ayblov e’lon qilinganidan beri uning siyosiy kampaniyasiga xayriyalar soni ko‘paygan.

Kaltning ta’kidlashicha, hukm ko‘plab saylovchilarni hayratda qoldirishi dargumon, chunki ko‘pchilik allaqachon Tramp haqida qat’iy fikrga ega.

"Uning tarafdorlari orasida hukmni eshitgach kimdir, "Yaxshi. Fikrim o‘zgardi" deb aytadiganlar ko‘p bo‘lishiga shubham bor", deydi u.

NPR/PBS NewsHour/Marist Poll tomonidan chop etilgan yangi tadqiqot buni tasdiqlaydi. So‘rov natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 67 foizi sudlanganlik noyabr oyida kimga ovoz berishiga ta’sir qilmasligini aytgan.

Shunday bo‘lsa ham, deydi Kalt, har bir ovoz hisobga olinadigan saylovlarda hukmning ta’sirini butunlay inkor etib bo‘lmaydi.

Дональд Трамп: Бу мамлакатимиз тарихидаги энг муҳим сайлов бўлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:47 0:00

Tramp ustidan boshqa sudlar

Trampni yana uchta sud jarayoni kutmoqda: biri maxfiy hujjatlarga ehtiyotsiz munosabat bilan, biri 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliydagi tartibsizliklar va uchinchisi Jorjiyadagi saylovlarga aralashuv bilan bog‘liq.

Maxfiy hujjatlar bo‘yicha ish noma’lum muddatga qoldirildi va 6-yanvar voqealari bo‘yicha ish boshlanishi Oliy sud qaroriga bog‘liq. Kaltning fikricha, sud jarayonlarining hech biri 2024-yil noyabr saylovlaridan oldin boshlanmaydi.

Jorjiya ishi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa ham, Kalt sud uzoqqa borishi va Trampni saylovoldi kampaniyasidan chetlatishi dargumon deb hisoblaydi.

“Saylovga qanchalik yaqinlashsak, [Jorjiya] da’vosi ko‘rib chiqilishini tasavvur qilish shunchalik qiyin”, deydi u.

Agar Tramp ushbu holatlarning birortasi bo‘yicha aybdor deb topilsa, joriy ayblov hukmi yangi hukmni og‘irlashtirishi mumkin.

Agar saylansa, Tramp o‘zi o‘zini prezident sifatida afv qila oladimi?

Prezident davlatga qarshi jinoyatlarida ayblanganlarni afv etish vakolatiga ega emas, shuning uchun Tramp Nyu-Yorkdagi jarayonni to‘xtata olmadi.

Huquqshunos olim Kaltga ko‘ra, prezident federal jinoyat uchun o‘zini kechira oladimi yoki yo‘qmi, noma’lum.

Ammo Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, bosh prokuror unga qarshi shtatlarda ko‘rilgan ishlarni to‘xtatishi mumkin.

XS
SM
MD
LG