Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:22

Energetika vazirligi O‘zbekistonda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatishga majburlanayotganiga oid iddaolarni rad etdi


O‘zbekistonda kimnidir quyosh paneli o‘rnatishga majburlash, o‘rnatilmagan taqdirda esa uni tarmoqdan uzib qo‘yish bilan ogohlantirish masalasi hech bir qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati tomonidan 11-sentyabr kuni tarqatilgan bayonotda aytilgan.

Vazirlik ta’kidicha, o‘zbekistonliklarni quyosh paneli o‘rnatishga majburlash mahalliy qonunchilikka zid bo‘lib, “Energetika vazirligi bu kabi xatti-harakatlarni mutlaqo yoqlamaydi”.

Vazirlik o‘z bayonotiga “ayrim ommaviy axborot vositalarining veb-saytlarida” O‘zbekistonning “ba’zi bir hududlarida tadbirkorlik subyektlari quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani, bu to‘g‘risida ayrim mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli ravishda rasmiy xat ham yuborilayotgani va o‘rnatmasa, elektr ta’minotidan uzib qo‘yilishi to‘g‘risida tahdid bo‘layotgani xususida shikoyatlar yangrayotgani” sabab bo‘lganini bildirgan.

O‘zbekistonliklar quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani mavzusi avvalroq Ozodlikda bir necha bor yoritilgan edi. “Mirziyoyevning quyosh panellari tadbirkorlarni barbod qilmoqda” sarlavhali so‘nggi videomaterial bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Energetika vazirligining bugungi bayonotida O‘zbekistonga quyosh panellarining olib kirilishi va o‘rnatilishiga oid qator raqamlar keltirilgan.

Tadbirkorlik subyektlarini quyosh paneli o‘rnatishga majburlash bilan mutlaqo kelishmasligini urg‘ulagan vazirlik ayni paytda o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham “quyosh paneli qo‘yish o‘z biznesi uchun foydali ekanligini anglab yetishsa, nur ustiga nur bo‘lur edi”, deya qayd etgan.

“Qolaversa, bugun bu bozorda taklif qiluvchi ham, talabgor ham, kimlardir o‘ylaganidek, kam emas”, deya pisanda qilingan vazirlik bayonotida.

XS
SM
MD
LG