Линклар

Шошилинч хабар
17 май 2024, Тошкент вақти: 16:02

Eng kam pensiya miqdori 648 ming so‘m etib belgilandi


O‘zbekiston prezidentining 30-aprel kungi 69-sonli farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-mayidan minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorida belgilanganligi tufayli pensiyalar miqdori ham oshirilgan. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Prezident farmoniga ko‘ra, may oyidan ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori oyiga 648 ming so‘m etib belgilangan.

Buning natijasida 751 ming nafar yoshga doir va 110 ming nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi”, deyilgan xabarnomada pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 180 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini qayd etgan.

Avvalroq Statistika agentligi joriy yilning may oyidan hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming so‘mni tashkil etgani haqida ma’lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG