Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:46

Eron va Rossiya diplomatlari: Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha yaqin orada kelishuvga erishmaymiz


Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aroqchi
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aroqchi

Vena shahrida qudratli davlatlar bilan uchrashgan Eron va Rossiya muzokarachilari Tehronning yadro dasturi bo‘yicha 2015 - yilda erishilgan kelishuv osonlikcha qayta tiklanmasligini aytdilar.

12 - iyun kuni Tehronning bosh muzokarachisi Abbos Aroqchi Eronda 18 - iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan murosaga kelinmasligini aytdi.

Eron davlat matbuoti Aroqchi “Shaxsan men bu hafta Venada biror xulosaga kelishimizga ishonmayman”, degani haqida xabar qildi.

Rossiya vakili Mixail Ulyanov esa jurnalistlarga:

“Mavjud matnni tozalash va ikkinchi darajali mavzular atrofidagi kvadrat qavslarni olib tashlash uchun yana bir necha hafta kerak bo‘ladi. Biz kelishuv qanday amalga oshirilishiga e’tibor qaratishimiz lozim”, dedi.

Moskva Eronning asosiy ittifoqchilaridan biridir.

Eronda 18 - iyun kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. 2015 - yilgi kelishuvni ilgari surgan joriy prezident Hasan Ruhoniy ikki marta to‘rt yillik muddatni o‘tab bo‘lgani uchun nomzod bo‘la olmaydi.

Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Eron vakillari Vashingtonni bitimga qaytarish va Tehronni o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlariga rioya qilishga chorlash uchun Avstriya poytaxtida uchrashdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2018 - yilda AQShni bitimdan chiqarib olib, Eronga qarshi moliyaviy sanksiyalarni qayta joriy qilgan edi. Shu sababdan kelishuvning kelajagi xavf ostida.

Tramp ko‘rgan choralarga javoban Tehron uranni kelishuvda belgilangandan ko‘proq darajada boyita boshladi.

AQShning yangi prezidenti Jo Bayden Eron dastlabki kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara boshlasa, bitimga Vashingtonni qaytarishga tayyorligini bildirgan.

Amerikalik muzokarachilar Venadagi muzokaralarda yevropalik diplomatlar orqali bilvosita qatnashmoqdalar.

Bugunga qadar beshta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokarachilar joriy oyning boshida muzokaralar eng nozik bosqichga o‘tayotganini aytishgan edi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas “Reuters” agentligiga bergan intervьyusida:

“Gap barcha ishtirokchi tomonlarning moslashuvchanligi va pragmatizmi haqida ketmoqda. Vaqtni cho‘zish hech kimga foyda keltirmaydi”, dedi.

“Politico” nashri 13 - iyun kuni muzokarachilar qolgan muammolarni hal qilish yo‘llari haqida 20 sahifa matn tayyorlaganini xabar qildi.

Hisobotda aytilishicha, AQSh va Yevropa davlatlari kelishuvda Eronning ballistik-raketa dasturi va uning mintaqaviy xatti-harakatlariga bo‘yicha bo‘lajak muzokaralar tilga olinishini xohlaydi.

O‘z navbatida, Eron AQShning 2018 - yildagi kabi bitimdan chiqib ketmasligi to‘g‘risida kafolat berilishini istaydi.

XS
SM
MD
LG