Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Eronda muddatidan ilgari prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda


Erondagi saylov uchastkalaridan birida ovoz berish uchun navbat kutib turgan ayollar
Erondagi saylov uchastkalaridan birida ovoz berish uchun navbat kutib turgan ayollar

Eronda 28-iyun kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8.00 dan boshlab 58 mingdan ziyod saylov uchastkasi ochilgan.

Davlatga qarashli IRNA agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur saylovda 61 million 452 ming 321 nafar fuqaro ovoz berish huquqiga ega.

Ularga prezident saylovida ishtirok etayotgan to‘rt nomzoddan birini tanlash imkoniyati berilgan.

Avvalroq Eron konstitutsiyasi posbonlari kengashi saylovda ishtirok etish uchun olti nafar nomzodni ma’qullagan edi. Ammo vitse-prezident Amir Husayniy Hojizoda Hoshimiy va Tehron meri Alirizo Zakoniy saylovda ishtirok etishdan bosh tortgani ortidan nomzodlar soni to‘rt nafarga tushgan.

Ular - yadroviy bitimga oid muzokaralarda Eron delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Said Jaliliy, sobiq ichki ishlar vaziri Mustafo Purmuhammadiy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammadboqir Qolibof va parlament deputati Mas’ud Pezeshkianlardir. Bu nomzodlar orasida faqat Pezeshkian islohotchi nomzod o‘laroq ko‘riladi.

Eronda muddatidan ilgari prezident saylovi marhum prezident Ibrohim Raisiyning 19-may kuni avtohalokat qurboni bo‘lgani ortidan o‘tkazilmoqda.

Eronda prezident davlat rahbari bo‘lib hisoblanmaydi, u ayniqsa tashqi siyosatda anchagina cheklangan vakolat egasi bo‘lmish ijroiya hokimiyati rahbaridir.

XS
SM
MD
LG