Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Farg‘ona tumanida sel tufayli ko‘chalar qum-shag‘alga to‘ldi


Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida kuzatilgan sel oqibatlari "("O‘zgidromet" fotosi)
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida kuzatilgan sel oqibatlari "("O‘zgidromet" fotosi)

Joriy yilning 25-iyul kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani hududida shiddatli jala va do‘l hodisalari kuzatilgan. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumot tarqatdi.

O‘zbekistonlik meteorologlar qaydicha, payshanba kuni Farg‘ona tumani Shohimardon MFY hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lida soat 15:30 da sekundiga 1,5-2 metr kublik sel oqimlari vujudga kelgan, biroq oqim aholi va hududlarga zarar yetkazgan emas.

Ayni paytda Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklarida soat 15:30 da jala yomg‘ir va do‘l yog‘ishi natijasida sekundiga 4-5 metr kublik sel oqimlari vujudga kelgan, buning natijasida qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda mahalli aholi vakillariga qarashli to‘rtta hovli-joy qum-shag‘al bilan to‘lgan.

“O‘zgidromet” vakillari 25-iyul kuni Farg‘ona tumani Yordon MFY hududida joylashgan Bukan sel yo‘lida ham soat 15:30 da sekundiga 1,5-2 metr kublik sel oqimlari vujudga kelgani, bundan aholi va hududlarga zarar yetmaganini ma’lum qilishgan.

Xabarnomada ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hududda tozalash ishlarini olib borishayotgani, aholi orasida jabrlanganlar yo‘qligi qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Gidrometeorologiya xizmati agentligi 23-26-iyul kunlari kutilayotgan yog‘in-sochin O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida sel-suv toshqini hodisalariga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Sel kutilayotgan hududlar orasida Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani ham bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG