Линклар

 
Farg‘onada uch bolali onani o‘ldirgan shaxs 17 yilga qamaldi
Шошилинч хабар
09 апрел 2025, Тошкент вақти: 16:22

Farg‘onada uch bolali onani o‘ldirgan shaxs 17 yilga qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Farg‘onada uch farzandning onasi bo‘lgan ayolni o‘ldirgan 25 yoshli yigit sud hukmi bilan 17 yilga qamaldi. Bu haqda Milliy TVning “Millar” dasturida berilgan lavhada so‘z boradi.

Jinoyat ishlari materiallarida aytilishicha, sudlanuvchi onlayn o‘yinlar tufayli qarzga botgan va yaqinlaridan olgan pullarni vaqtida qaytara olmagan. Shundan so‘ng u o‘ziga yaqin bo‘lgan hududdagi xonadonga o‘g‘rilikka tushgan.

Xonadon bekasi bo‘lgan ayol uyg‘onib ketib, o‘g‘riga qarshilik qilmoqchi bo‘lgan, u esa ayolni “o‘tkir tig‘li jism bilan” voyaga yetmagan farzandlari ko‘z o‘ngida o‘ldirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi sudlanuvchini O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bosqinchilik) bo‘yicha aybdor deb topib, uni 17 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan.

XS
SM
MD
LG