Линклар

 
Filippin sobiq prezidenti XJS orderi bo‘yicha hibsga olindi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:30

Filippin sobiq prezidenti XJS orderi bo‘yicha hibsga olindi


Rodrigo Duterte gvardiyachilar bilan (arxiv surati)
Rodrigo Duterte gvardiyachilar bilan (arxiv surati)

Filippin sobiq prezidenti Rodrigo Duterte insoniylikka qarshi jinoyatlarga oid ish bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda Manila Bulletin nashri rasmiy hujjatlarga tayangan holda xabar qildi.

11 mart kuni ertalab Honkongdan uchib kelgan Duterte Manila aeroportiga qo‘nganidan keyin Xalqaro jinoyat sudi orderiga ko‘ra qo‘lga olingan, deya bildirgan Filippin prezidenti ofisi vakillari. Manila Interpoli sudning hibsga olish uchun orderi rasmiy nusxasini olgan.

XJS 79 yoshli Rodrigo Duterte va qator boshqa shaxslarga nisbatan narkokartellarga qarshi kurash chog‘ida muhtamal sudsiz qatl va boshqa inson huquqlari buzilishi holatlariga doir ish yuzasidan tergov olib bormoqda.

Filippinlik huquq faollari prezidentni mamlakatda sudsiz jazolashlar davrida olti mingdan ziyod odam o‘limida ayblab kelishadi. Siyosatchi bir necha bor bangfurushlar va narkomanlarni o‘ldirishga ochiqdan-ochiq chaqirgan hamda uch nafar bangfurushni shaxsan o‘zi o‘ldirganini aytgan.

Rodrigo Duterte 2016-yildan 2022-yilgacha Filippin prezidenti bo‘lgan. Hozir uning qizi Sara Duterte-Karpio vitse-prezident lavozimini egallab turibdi, fevral oyida unga nisbatan impichment e’lon qilingan. Duterte-Karpioning saylovdan so‘ng davlat rahbari Ferdinad Markos bilan siyosiy qarashlari bir-biriga mos kelmay qolgan.

XS
SM
MD
LG