Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:23

Firibgarlikda gumonlangan ayollar Turkiyadan O‘zbekistonga yo‘llandi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu yil Istanbulda qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2022-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 38 yoshli Dilafruz Madiyeva 13-avgust kuni Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh konsulxona xabarnomasidan Madiyeva moddiy manfaat evaziga fuqarolarni Istanbul orqali Amerika va Yevropa davlatlariga yuborishni va’da qilish orqali aldab kelgani anglashiladi.

O‘zbekistonlik diplomatlar mazkur ayol xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘rashgan.

Avvalroq O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi joriy yilda Istanbul shahrida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 37 yoshli Barno Inoyatova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingani haqida ma’lumot tarqatgan edi. Bonu laqabli bu ayolning firibgarlik bilan bog‘liq aynan qanday jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgani ochiqlangan emas.

XS
SM
MD
LG