Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

“Foton” zavodining 85,6 foiz aksiyasi 151 mlrd so‘mga sotildi


"Foton" AJga tegishli bino (Gazeta.uz fotosi)
"Foton" AJga tegishli bino (Gazeta.uz fotosi)

“Foton” aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi 85,58 foiz davlat ulushi 151 milliard so‘mga sotilgan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Davaktiv qaydicha, xususiylashtirish natijasiga ko‘ra “HAVVO GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati g‘olib topilgan va 85,58 foizlik ulush mazkur MCHJga o‘tgan.

G‘olib tomonidan kelajakda Korxonaning ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, mahsulotlar turini va realizatsiyasi geografiyasini yanada kengaytirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, shuningdek korxona faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish va barqaror rivojlantirishni ta’minlash rejalashtirilgan”, deyilgan xabarnomada.

“Foton” zavodi Ikkinchi jahon urushi yillarida (1942-yil) Moskva viloyatidagi “Radiolampa” zavodining Toshkentga ko‘chirilishi ortidan tashkil etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda korxona 68 ming kvadrat metrga teng ikkita ishlab chiqarish maydoniga ega.

Uch yuz chog‘li mutaxassis ishlaydigan zavod aksiyalarining 85,58 foizlik ulushi shu kungacha davlatga tegishli bo‘lib kelgan. Korxonada 30 dan ziyod turdagi yarimo‘tkazgich mahsulotlari va mikrosxemalar hamda turli elektr jihozlari ishlab chiqariladi. 2020-yil dekabrida “Foton” aksiyalarining davlatga tegishli paketi rossiyalik investorlarga taklif etilgan edi.

2023-yil dekabrida “Foton” aksiyadorlik jamiyati va uning rahbari Ma’rifxo‘ja Saydumarov Ukrainaning sanksiya ro‘yxatiga kiritilgandi.

XS
SM
MD
LG