Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

FVV: “Hisorak” to‘g‘onida avariya yuz berdi, ammo xavotirga o‘rin yo‘q


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari chog‘ida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlik qaydicha, to‘g‘ondagi avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida "O‘zbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilyapti.

FVV suv omboriga shikast yetmagani, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani va halok bo‘lmaganini bildirgan.

Vazirlik xabarnomasida ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘qligi, vaziyat to‘liq nazoratga olingani urg‘ulangan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Hisorak” suv ombori to‘g‘onida yoriq paydo bo‘lganiga oid xabar ortidan aholi orasida vahima boshlangani, to‘g‘on yaqinidagi odamlar uy-joylarini tashlab chiqib ketayotganiga oid xabarlar tarqay boshlagan edi.

XS
SM
MD
LG