Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:07

G‘azo: Isroilning har bir zarbasi bilan keng ko‘lamli urush xavotiri kuchaymoqda - AP


G‘azo bo‘lgasi. Yaqin Sharq
G‘azo bo‘lgasi. Yaqin Sharq

O‘tgan hafta Isroil Bayrutdagi havo hujumida Hamasning yuqori martabali jangarisini yo‘q qildi, Hizbulloh Isroilning muhim harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirdi, Qo‘shma Shtatlar Bag‘dodda jangarilar qo‘mondonini o‘ldirdi, Yamandagi Eron qo‘llab-quvvatlagan isyonchilar AQSH dengiz floti bilan to‘qnashdi.

Har bir zarba va qarshi hujum G‘azodagi urushning butun mintaqaga tarqalish xavfini oshiradi. Qo‘shma Shtatlar va Isroil bir tomonda, Eron va ittifoqchilari ikkinchi tomonda qarama qarshilikka borar ekan, zaif ko‘rinib qolmaslik uchun ham kengroq urush boshlab yuborishi mumkin.

Har bir lager ichidagi bo‘linishlar yana bir beqarorlik qatlamini paydo qildi: Hamas 7-oktabrdagi hujum o‘z ittifoqchilarini Isroilga qarshi kengroq urushga tortadi deb umid qilgan bo‘lishi mumkin. Isroilliklar Livandagi vaziyatni o‘zgartirish haqida tobora ko‘proq gapirmoqda (dushanba kuni Isroil havo hujumida Hizbulloh qo‘mondoni halok bo‘ldi), hatto Vashington to‘qnashuvlardan tiyilishga harakat qilmoqda.

Уруш анатомияси: Араб-Исроил урушлари, Исроил-Фаластин зиддияти тарихи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:29:23 0:00

ISROIL-HAMAS URUSHI

Hamasning aytishicha, 7-oktabr kuni Isroil janubiga hujum Isroilning o‘nlab yillik hukmronligiga Falastinning javobi bo‘ldi. Eron, Hizbulloh yoki boshqa ittifoqchi guruhlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri rol o‘ynagani yoki bu haqda oldindan bilgani haqida hech qanday dalil yo‘q.

Ammo Isroil bunga javoban 2.3 million falastinlik istiqomat qiluvchi G‘azoda vayronkor harbiy yurishlarini boshlab yubordi. Eron va u qo‘llab-quvvatlayotgan jangari guruhlar bunga javob qaytarish bosimi ostida qoldi.

Falastin masalasi butun mintaqada aks-sado beradi. Hamasni Isroil qarshisida yolg‘iz qoldirish Eronni 1979- yilgi Islom inqilobidan beri tuzgan harbiy ittifoqini yo‘q qilishi mumkin.

“Ular urushni xohlamaydilar, lekin shu bilan birga Isroilni javobsiz qoldirishni ham xohlamaydilar”, deydi Hizbulloh bo‘yicha livanlik ekspert Qosim Kassir.

"Katta nimadir sodir bo‘lishi kerak, ammo urushsiz. Shunda isroilliklar va amerikaliklar oldinga yo‘l yo‘qligini ko‘rsin", deydi u.

Eronning barcha mintaqaviy ishonchli vakillari orasida Hizbulloh eng katta dilemmaga duch kelmoqda.

Bir tomondan Hamasga yetarlicha yordam bera olmasa, o‘zini zaif ittifoqchidek ko‘rsatib qo‘yadi. Boshqa tomondan keng ko‘lamli urushni boshlasa, Isroil shundoq ham allaqachon og‘ir iqtisodiy inqiroz botqog‘iga botgan Livanga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Hatto Hizbulloh tarafdorlari ham buni juda katta to‘lov deb bilishi mumkin.

Hizbulloh G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri deyarli har kuni chegara bo‘ylab hujumlar uyushtirmoqda va bundan ko‘zlangan maqsad Isroil qo‘shinlarining bir qismini shimolda ushlab turish. Isroil ham javob qaytarmoqda, ammo har bir tomon intensivlikni muayyan chegarada ushlab turibdi.

Hizbullohning shanba kuni Isroil harbiy bazasiga kamida 40 ta raketa otgani urush boshlanishiga sabab bo‘lmasa ham, Isroilning dushanba kungi qarshi zarbasiga sababchi bo‘ldi.

80 ta raketa jiddiy o‘zgarishmi? Agar kimdir o‘ldirilgan bo‘lsa-chi? To‘liq miqyosli hujum qancha qurbon talab qiladi? Aniq javob yo‘q.

Mutaxassislar fikricha, bunday bo‘lishi uchun bir hujum yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Isroil qariyb uch oy oldin Hizbullohning hujumlari sababli shimoldan evakuatsiya qilingan o‘n minglab fuqarolari o‘z uylariga qaytarishni istamoqda, shu bois Hizbullohning chegarada qurolli mavjudligiga toqat qilolmasligi mumkin.

Isroil yetakchilari agar Hizbulloh 2006-yilda BMTning jangari guruhning chegaradan nari ketishini nazarda tutgan sulh bitimiga amal qilmasa, harbiy kuch ishlatish bilan bir necha bor tahdid qilgan.

“Urushni ikki tomon ham istamaydi, lekin bu muqarrar deb hisoblaydi”, deydi Tel-Aviv universiteti qoshidagi Isroil Milliy xavfsizlik tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi Yoel Guzanskiy.

OzodNazar: Исроил-Фаластин зиддияти ечими нимада?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:43 0:00

AQSHNING TIYIB TURISHI

Oktabr oyida Qo‘shma Shtatlar mintaqaga ikkita aviatashuvchini joylashtirdi. Ulardan biri ortga qaytdi, lekin o‘rniga boshqa harbiy kemalar keldi. Bu Eron va uning ittifoqchilarini ogohlantirish edi, ammo ularning hammasi ham bu ogohlantirishga ko‘nmagan ko‘rinadi.

Suriya va Iroqdagi Eron qo‘llab-quvvatlagan jangari guruhlar AQSH bazalariga o‘nlab raketa hujumlarini amalga oshirdi. Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiy isyonchilar Qizil dengizdagi xalqaro yuk tashuvchi kemalarga hujum qilmoqda, bu esa global iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Eronning aytishicha, husiylar Tehron buyrug‘i bilan emas, o‘zlari mustaqil harakat qilmoqda.

Ko‘pchilik amerikaliklar Iroq va Afg‘onistondagi yigirma yillik qimmatga tushgan harbiy kampaniyalardan so‘ng Yaqin Sharqda yana urushni istamaydi.

Ammo so‘nggi haftalarda AQSH kuchlari Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan jangarilarning yuqori martabali qo‘mondonini va yuk kemasiga hujum qilgan 10 nafar husiy isyonchini o‘ldirdi.

Vashington Qizil dengizda xavfsizlikni ta’minlash uchun xalqaro kuchlarini to‘plashga urinmoqda. Ammo AQSH yillar davom etgan urushdan so‘ng Saudiya Arabistoni bilan tinchlik kelishuviga erishay deb turgan husiylarga quruqlikda hujum qilishga ikkilanayotgan ko‘rinadi.

Ayni paytda Isroil rasmiylari Hizbulloh va husiylarni chekinishga ko‘ndirish darchasi yopilayotganini aytmoqda.

BU QANDAY TUGAYDI?

Isroil Hamasni butkul tor-mor etishni maqsad qilgan ekan, mintaqaviy taranglik yuqoriligicha qolishi mumkin. Bu guruhning Falastin jamiyatida chuqur ildiz otganini hisobga olsak, buning imkoniyati qancha ekani ko‘pchilik uchun savol bo‘lib turibdi. Isroil rahbarlari esa buning uchun yana bir necha oy kerak bo‘lishini aytmoqda.

Isroilga muhim harbiy va diplomatik yordam ko‘rsatayotgan AQSH uni to‘xtatishga qodir yagona kuch sifatida ko‘riladi. Aftidan, Eronning ittifoqchilari Vashington xarajatlari oshib ketsa, muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qilishiga ishonmoqda.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat bo‘yicha mas’uli Jozep Borrel va Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok shu hafta mintaqaga safar qilib, diplomatik yo‘li bilan zo‘ravonliklarni to‘xtatishga harakat qilishdi.

Ammo eng muhim xabarlar hali ham raketalar orqali yuborilishi mumkin.

“Amerikaliklar Eron bilan ochiq urushni, eronliklar esa AQSH bilan ochiq urushni xohlamaydi”, deydi Livanning «An-Nahar» gazetasi tahlilchisi Ali Hamada. "Shuning uchun muzokaralar qizg‘in davom etmoqda."

XS
SM
MD
LG