Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:16

Gelenjikda “Putin saroyi” yaqinidagi obyektlar hujumga uchradi


Gelenjikdagi “Putin saroyi”
Gelenjikdagi “Putin saroyi”

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida joylashgan Gelenjik shahri hududidagi obyektlar 27-mayga o‘tar kechasi Ukraina dronlari hujumiga nishon bo‘ldi.

“Krinitsa qishlog‘ida apparatlardan birining parchalari qurilishi bitmagan binoga shikast yetkazdi. Janxot xutorida dron daraxtlar ustiga qulagan, yong‘in so‘ndirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, [hodisa chog‘ida] jabrlanganlar yo‘q”, deya bildirgan o‘lka gubernatori Veniamin Kondratyev. Mulozim dronlarning barchasi havoga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini iddao qilgan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Krasnodar o‘lkasida dushanbaga o‘tar kechasi to‘rtta dron yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi.

Janxot xutori yaqinidagi Idokopas burnida, ko‘plab tadqiqotlarda iddao qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun qurilgan saroy joylashgan. Krinitsa qishlog‘ida mazkur saroy atrofida yetishtirilgan uzumni qayta ishlash uchun “Stariy Provans” vino zavodi qurilayotgan edi.

Rossiya prezident Vladimir Putin 2021-yili “saroy” unga tegishli emasligi va hech qachon u yerda bo‘lmaganini aytgan edi. Putin haqiqatan ham u binoda yashagani yoki bo‘lgani haqida ochiq-oydin dalil yo‘q, biroq hujjatlardan kelib chiqilsa, bu saroyga prezidentga o‘ta yaqin bo‘lgan kishilarning aloqasi bor. Putinning do‘sti bo‘lgan tadbirkor Arkadiy Rotenberg bu bino unga tegishli ekanini aytgan. 2021-yildan keyin u ham, Putin ham saroy va uning taqdiri haqida og‘iz ochgan emas.

May oyi boshlarida prezident Putin beshinchi marta qasamyodga keltirilishi arafasida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning safdoshlari Gelenjikdagi saroy interyerlari ekani iddao qilingan video va fotosuratlarni yoyinlagan edilar.

XS
SM
MD
LG