Линклар

 
Germaniyadagi parlament saylovida XDI/XSI bloki g‘alaba qozondi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:51

Germaniyadagi parlament saylovida XDI/XSI bloki g‘alaba qozondi


XDI/XSI lideri Fridrix Mers
XDI/XSI lideri Fridrix Mers

Germaniyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovida, dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovchilarning 28,5 foiz ovozini yig‘olgan “Xristian-demokratlar ittifoqi/Xristian-sotsialistlar ittifoqi” bloki g‘alaba qozondi. Bu natija 23-fevral kuni e’lon qilingan ekzit-poll natijalari bilan muvofiq kelmoqda.

Ikkinchi o‘rinda “Germaniya uchun alternativa” o‘ng-populistik partiyasi boryapti, bu partiya uchun saylovchilarningg 20,8 foizi ovoz bergan.

Uchinchi o‘ringa 16,4 foiz ovoz olgan Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP), to‘rtinchi o‘ringa esa 11,6 foiz ovoz olgan “90-yillar ittifoqi/Yashillar” partiyasi chiqqan.

So‘l partiya esa 8,8 foiz bilan beshinchi o‘rinni egallagan.

Deutsche Welle qaydicha, Bundestagga saylov GSDP uchun mag‘lubiyatli bo‘lgan − partiya o‘z tarixidagi eng yomon natijani ko‘rsatgan.

Yana bir necha hafta hukumat rahbari bo‘lib qoladigan Olaf Shols saylov natijalarini “achchiq” deb atagan. GSDP hali saylov uchastkalari yopilmay turib XDI/XSI lideri Fridrix Mersni g‘alaba bilan tabriklagan.

“Germaniya uchun alternativa” o‘ng-populistik partiyasi ko‘rsatgan natijani esa ommaviy axborot vositalari, aksincha, rekord natija o‘laroq baholamoqda. Migratsion cheklovlar kiritilishi, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi va Ukrainaga harbiy yordam to‘xtatilishini yoqlayotgan partiya vakillarining kayfiyati ko‘tarinki, deb yozgan DW.

Saylovda davomat 84 foizni tashkil qilgan, bu esa 1990-yildan buyon kuzatilayotgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Avvalroq, agar konservatorlar hukumatni shakllantirishni uddalashsa, 69 yoshli XDI lideri Fridrix Mers Germaniya kansleri bo‘lishi mumkinligini haqida xabar qilingan. XDI/XSI dasturida Germaniyada iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish va soliqlarni pasaytirish markaziy o‘rinni egallagan. Mers bir necha bor Kiyevga harbiy yordamni ko‘paytirish, shu jumladan unga “Taurus” qanotli raketalarini taqdim etishga chaqirib kelgan. Bu raketalarning Ukrainaga berilishini Shols hukumati to‘xtatib kelgan. Mers Ukraina uchun adolatli tinchlikka erishishni, mamlakatning NATOga a’zoligi masalasini kun tartibidan olib tashlamaslikni yoqlab keladi.

XS
SM
MD
LG