Линклар

Шошилинч хабар
30 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:52

Global nosozlik tufayli yuzlab shirkatning ishi to‘xtab qoldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Windows operatsion tizimida yuzaga kelgan global nosozlik tufayli dunyoning turli mamlakatlarida aeroportlar, vokzallar, banklar, supermarketlar, telekanallar va hukumat muassasalari ishlamayapti. Nosozlik AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Isroil, Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi shirkatlar faoliyatiga daxl qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, eng yirik aviashirkatlar parvozlarni to‘xtatib qo‘ygan, aeroportlarda xaos holati kuzatilmoqda, London fond birjasi yangiliklar yoyinlashni to‘xtatgan.

Britaniyadagi Sky News telekanali va ayri mamlakatlarning telekanallari nosozlik tufayli yoyinini to‘xtatib qo‘ygan.

Gadjetlarda “Kompyuteringizdagi nosozlikning oldini olish uchun Windows faoliyati to‘xtatib qo‘yildi” degan yozuv bilan “ko‘k ekran” paydo bo‘lmoqda, deya xabar qildi Sky News.

Microsoft korporatsiyasi Windows 10 operatsion tizimidagi nosozlik CrowdStrike antivirusi yangilanishidagi xato tufayli yuzaga kelganini ma’lum qildi. Shirkat buning kiberhujum emasligini ta’kidlab, hozirda avariya “oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar” ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG