Tbilisida 26-may oqshomida Gruziyaning Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan Ozodlik yurishi bo‘lib o‘tdi.
Ozodlikning “Exo Kavkaza” loyihasi xabariga ko‘ra, qo‘llarida Gruziya va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini tutib olgan tadbir ishtirokchilari turli shiorlarni, shu jumladan “xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun”ga qarshi shiorlarni hayqirib borganlar.
Yurishga chiqqanlar mobil telefonlari chiroqlarini yoqib olib, xususan, “Rossiya qonuniga yo‘q deymiz!” va “Rossiya rejimiga yo‘q deymiz!” deya qichqirganlar.
Tadbir tashkilotchilari yurish milliy bayramga bag‘ishlanib o‘tkazilayotgani uchun uning norozilik xarakteriga ega yoki emasligiga aniqlik kiritmaganlar. Aksiyada bir necha ming kishi ishtirok etgan.