Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Haaga sudi Sergey Shoyguni hibsga olish uchun order berdi


Valeriy Gerasimov (chapda), Vladimir Putin (o‘rtada) va Sergey Shoygu (o‘ngda)
Valeriy Gerasimov (chapda), Vladimir Putin (o‘rtada) va Sergey Shoygu (o‘ngda)

Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovni hibsga olish uchun order bergan.

XJS qanoaticha, Shoygu va Gerasimov yo‘q deganda 2022-yil 10-oktyabridan 2023-yil 9-martigacha bo‘lgan davr oralig‘ida Ukrainaning elektr energetikasi obyektlariga Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan berilgan raketa zarbalari uchun javobgar” bo‘lib hisoblanadi.

Bu vaqt ichida Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning bir necha aholi punktidagi ko‘plab elektr stansiyalari va podstansiyalari bo‘ylab juda ko‘p miqdorda zarbalar bergan”, deyilgan sud xabarnomasida.

XJS qaydicha, Shoygu va Gerasimov Ukrainada tinch aholi vakillariga haddan ziyod zarar yetkazilgani, jinoyatlar sodir etilishi uchun buyruq bergani, o‘zlariga tobe bo‘lgan kuchlar ustidan tegishli nazoratni amalga oshira olmaganlari uchun ham mas’uldir.

Xalqaro jinoyat sudi 2022-yili Ukraina hududida bolalarning noqonuniy deportatsiyasida aybdor ko‘rilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun ham order bergan edi. O‘shandan beri Putin Rim statutini ratifikatsiya qilgan mamlakatlarga safar qilishdan tiyilib keladi.

XS
SM
MD
LG