Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Hafta yakunida O‘zbekistonning olti viloyatida sel kelishi mumkin


Surxondaryo viloyatida kuzatilgan sel oqibati (arxiv surati)
Surxondaryo viloyatida kuzatilgan sel oqibati (arxiv surati)

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 13-16-iyul kunlari kutilayotgan yog‘in-sochin sel-suv toshqini hodisalarini yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev ma’lum qildi.

Mulozimga ko‘ra, sel hodisalari Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida, Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida hamda Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahrida kuzatilishi ehtimoli bor.

Habibullayev tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholini hamda bu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan toshqin ehtimoliga qarshi ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deb yozgan “O‘zgidromet” rahbari.

XS
SM
MD
LG