Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:27

HAMAS “xo‘jako‘rsin” muzokaralarda ishtirok etmoqchi emas


Qatar poytaxti Doxada xalqaro masalalar bo‘yicha ko‘plab muzokaralar o‘tkazib turiladi
Qatar poytaxti Doxada xalqaro masalalar bo‘yicha ko‘plab muzokaralar o‘tkazib turiladi

Falastindagi HAMAS guruhi (AQSH, YI va Britaniyada terror tashkiloti o‘laroq tan olingan) rahbariyati vakili Bi-bi-siga o‘z tashkiloti G‘azodagi sulh va garovdagilarni ozod qilishga oid yangi muzokaralarda ishtirok etmasligini bildirdi.

HAMAS va Isroil muzokaralari 15-avgust kuni Qatarda qaytadan boshlanishi kutilayotgandi. Isroil muzokaralarda ishtirok etishini tasdiqlagan.

HAMAS vakili Bi-bi-siga o‘z guruhi “xo‘jako‘rsin” muzokaralarda ishtirok etishni istamayotgani, bunday muzokaralar soyasida Isroil urush harakatlarini olib borishda davom etayotganini aytgan.

Bi-bi-si suhbatdoshiga ko‘ra, Falastin tomoni “yo‘l xaritasi”ni, kelishuv shartlari bajarilishi bo‘yicha aniq rejani ko‘rishni istaydi.

“Bu reja AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan may oyida ilgari surilgan takliflarga asoslangan bo‘lishi lozim”, degan HAMAS rahbariyati vakili Bi-bi-si bilan suhbat chog‘ida.

HAMAS vakili yana bir bor Isroilni muzokaralar oldida qo‘shimcha shartlarni olg‘a surayotganlikda ayblagan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu ayblovlarni HAMASning o‘ziga qaytarmoqda, deya qayd etilgan Bi-bi-si maqolasida.

Isroil delegatsiyasi G‘azo sektorida sulh hamda o‘tgan yilning 7-oktyabr kuni Isroilga hujum chog‘ida HAMAS guruhi tomonidan garovga olingan kishilarning ozod qilinishiga oid muzokaralarda ishtirok etadi – bu 14-avgust kuni Isroil bosh vaziri devonxonasi tomonidan tasdiqlagan.

Muzokaralar Qatar poytaxti Doxada bo‘lib o‘tishi aytilgan. Avvalroq Isroil nashrlari Doxaga “Mossad” razvedka tashkiloti rahbari David Barnea, “Shin-Bet” xavfsizlik xizmati boshlig‘i Ronen Bar, shuningdek, Netanyahu maslahatchilari va Isroil armiyasi vakillari borishi haqida xabar qilishgan.

AFP agentligining o‘z manbasidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qilishicha, Doxadagi uchrashuvda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns ham ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG