Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 08:05

Harris: AQSH Ukraina ishtirokisiz Rossiya bilan muzokara o‘tkazmaydi


Kamala Harris (arxiv surati)
Kamala Harris (arxiv surati)

Kamala Harris AQSH prezidenti lavozimiga saylangan taqdirda Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimini tuzish yo‘llarini qidirish uchun Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralarga bormaydi. Bu haqda Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Harris 7-oktyabr kuni CBS telekanalining “60 daqiqa” deb nomlangan teledasturiga bergan intervyusida bildirdi.

Harrisga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukraina vakillari ishtirokimiz Rossiya bilan muzokaraga kirishmaydi. Uning ta’kidlashicha, Kiyev Ukrainaning kelajagini belgilashda ovoz huquqiga ega bo‘lishi shart.

Harris “Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi dastaklaysizmi?” degan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan qochdi.

Bu masalalarni biz o‘sha on kelgan paytda hal qilamiz. Hozir biz Ukrainaning Rossiya tajovuzidan o‘zini himoya qilish qobiliyatini mustahkamlash bilan shug‘ullanyapmiz”, dedi Demokratlar partiyasi nomzodi.

O‘z so‘zida Harris yana bir bor Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp pozitsiyasini tanqid qildi: “U urushni bir kunda tugatishi mumkinligini aytyapti. Bilasizmi, bu nimani anglatadi? Bu kapitulyatsiyani anglatadi”.

Kamala Harris Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan olti marta uchrashganini, bu uchrashuvlarda unga Ukraina xalqiga bo‘lgan dastagi o‘zgarmas ekanini urg‘ulaganini eslatdi.

Men Ukraina xavfsizlik va farovonlikka erishishi uchun bu urushda uning qo‘li baland kelishiga yordam berish yo‘lida ishlayman”, dedi Harris.

Intervyu chog‘ida Kamala Harris saylovda g‘alaba qozongan taqdirda saxovatli ijtimoiy dasturlarga qayerdan mablag‘ topishi, o‘tgan bir necha yil mobaynida Bayden ma’muriyati nima uchun millionlab migrant noqonuniy ravishda o‘tgan Meksika chegarasini mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘rmaganiga oid savollarga ham javob bergan.

XS
SM
MD
LG