Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:40

"Hizbulloh" o‘zining lideri Hasan Nasrulloh o‘limini tasdiqladi


Isroil armiyasi Nasrulloh Isroilning Livan janubiga bergan havo zarbalari natijasida o‘ldirilganini ma’lum qilgan.
Isroil armiyasi Nasrulloh Isroilning Livan janubiga bergan havo zarbalari natijasida o‘ldirilganini ma’lum qilgan.

Livanning "Hizbulloh" radikal gurug‘hi o‘z lideri Hasan Nasrulloh o‘limini rasman tasdiqladi. Oldinroq Isroil armisi Isroilning Livan janubiga bergan havo zarbalari natijasida Nasrulloh o‘ldirilganini aytgan edi. "Hizbulloh" o‘zining Isroilga qarshi kurashini davom ettirishga qasamyod qilgan.

Isroil armiyasining arab matbuot kotibi Avichay Adrayee X kanalida bergan bayonotida Nasrulloh, "Hizbulloh"ning janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va ushbu guruhning bir qator boshqa qo‘mondonlari o‘ldirilganini ma’lum qildi.

"Nasrulloh endi dunyoni dahshatga sola olmaydi”, deb yozdi Avichay Adrayee.

Isroil mudofaa kuchlari ham X. ga “Hasan Nasrulloh endi dunyoni dahshatga sola olmaydi” degan xabarni joylashtirdi.

Keyinroq “Hizbulloh” jangari guruhi o‘z yetakchisining halok bo‘lganini tasdiqladi.

Isroil harbiylari 28-sentyabr kuni erta tongda Bayrut janubidagi va Livan sharqidagi Bekaa vodiysidagi "Hizbulloh" nishonlariga qarshi yangi zarbalar berdi.

Zarbalardan keyin Nasrullohning taqdiri haqida hech qanday ma’lumot yo‘q edi.

Biroq Isroil matbuoti 28-sentyabr kuni erta tongda Nasrulloh va uning qizi Zaynab Nasrulloh o‘ldirilgani haqida xabarni tarqatdi.

"Hizbulloh" bu xabarni tasdiqlamadi. Nasrullohning o‘g‘li Hodi 1997-yilda Isroil qo‘shinlariga qarshi janglarda halok bo‘lgan.

Isroil harbiylari Nasrullohning ismini rasman tilga olmay, faqat "Hizbulloh"ning “markaziy qarorgohi” hujumda nishonga olinganini aytdi.

Isroilning yuqori martabali amaldori matbuotga "Hizbulloh"ning yuqori darajadagi qo‘mondonlari nishonga olinganini bildirdi.

Eron bilan ittifoqchi Hizbulloh Qo‘shma Shtatlar tomonidan terrorchi tashkilot deb tan olingan, Yevropa Ittifoqi esa uning qurolli qanotini "qora ro‘yxat"ga kiritgan, lekin siyosiy partiyasini emas. "Hizbulloh"ning siyosiy partiyasi Livan parlamentida o‘rinlarga ega.

Isroil armiyasi matbuot kotibi kontr-admiral Daniyel Hagarining aytishicha, mamlakat kuchlari turarjoy binolari ostida joylashgan "Hizbulloh"ning asosiy qarorgohini nishonga olgan.

Tarmoqda tarqalgan videolarda mahallada kuchli portlashlar sodir bo‘lgani aks etgan.

Xalqaro Inqiroz Guruhi tahlilchisi Xeyko Vimmenning Ozodlikka aytishicha, Isroilning takror-takror zarbalari "Hizbulloh"ni butunlay yo‘q qila olmagan bo‘lsa-da, uni zaiflashtirgan.

Agar Nasrullohning o‘limi tasdiqlansa, bu Eron rahbariyati uchun AQSH tomonidan general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishidan keyingi eng og‘ir zarba bo‘ladi.

Yarim tundan ko‘p o‘tmay, Isroil harbiylari Bayrut janubidagi uchta qo‘shimcha binoga yangi zarbalar berganini va aholini evakuatsiya qilishga chaqirganidan so‘ng "Hizbulloh" ushbu obyektlarda qurol saqlaganini da’vo qildi. Shuningdek, 28 sentyabr kuni erta tongda qadimiy Tir shahrida hujam bo‘lgani haqida xabar berilgan.

XS
SM
MD
LG