Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

HRW: Nukus voqealari bo‘yicha adolat hanuz qaror topganicha yo‘q


Qoraqalpog‘istondagi norozilik chiqishlaridan lavha, 2022-yil iyuli
Qoraqalpog‘istondagi norozilik chiqishlaridan lavha, 2022-yil iyuli

O‘zbekiston rasmiylari Qoraqalpog‘istonda ikki yil avval bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlaridan keyin ham respublika mustaqilligi uchun chaqiriqlar bo‘yicha qatag‘onni kuchaytirishda davom etmoqda, deya bildirdi Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti.

Tashkilotning 1-iyul kuni tarqatilgan bayonotida ayni paytda rasmiy Toshkent 2022-yil iyushida Konstitutsiyaga tuzatishlar loyihasiga qarshi Nukusdagi norozilik chiqishlarini bostirishda haddan ziyod kuch qo‘llanilgani uchun birorta ham yuqori lavozimli mulozim javobgarlikka tortilmaganiga e’tibor qaratgan.

O‘zbekiston rahbariyati nafaqat ikki yil avval Qoraqalpog‘istondagi noroziliklar chog‘ida halok bo‘lganlar uchun adolatni ta’minlay olmadi, balki o‘shandan beri boshqa qoraqalpoq faollariga nisbatan repressiyalar sezilarli darajada oshirganiga guvoh bo‘ldik”, degan tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Xyu Uilyamson.

HRW vakiliga ko‘ra, O‘zbekistonning hamkorlari mamlakat rahbariyatini yana bir bor adolatni ta’minlashga chaqirishlari hamda Qoraqalpog‘istonda ham, xorijda ham faollarga nisbatan davom etayotgan ta’qiblarni qoralashlari lozim.

2022-yilning iyul oyi boshida Qoraqalpog‘istonda aholi poytaxt Nukus shahrining markaziy maydonida ommaviy norozilik aksiyasiga chiqqan. Odamlar Toshkentning Qoraqalpog‘istonni O‘zbekiston tarkibidagi suveren respublika maqomidan mahrum etish rejasiga shu yo‘sinda norozilik bildirishgan. Hukumat namoyishni kuch bilan bostirgan.

Rasmiy Toshkent Nukus voqealarida huquq-tartibot idoralarining to‘rt xodimi doxil 21 kishi halok bo‘ldi, deb bayonot bergan.

2022-yil 7-noyabrida Human Rights Watch xalqaro tashkiloti O‘zbekiston hukumati Nukusdagi norozilik aksiyalari chog‘ida o‘qotar qurol qo‘llaganini da’vo qilib, ochiq tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.

Tashkilot voqealar guvohlari tomonidan 2022-yil 1-iyulidan 1-avgustigacha bo‘lgan davrda ijtimoiy tarmoqlarda yoyinlangan 55 ta videorolikni verifikatsiya qilib, 31 ta videoyozuv va fotosuratda o‘qotar quroldan o‘lganlar yoki yaradorlar aks etganini aniqlagan.

O‘zbekiston hukumati yuz bergan voqealar sabablarini o‘rganish maqsadida parlament huzurida maxsus komissiya tuzgan, ammo taftish natijalari jamoatchilikka e’lon qilingan emas.

Nukus voqealari bo‘yicha o‘tkazilgan sudlarda umumiy hisobda 61 kishi javobgarlikda tortilgan. Ular orasida odamlarni tinch norozilik aksiyalariga chaqirgani aytilayotgan bloger va advokat Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

XS
SM
MD
LG