Линклар

Шошилинч хабар
30 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:04

Hukumatda kadrlar o‘zgarishi: Musayev Bandlik vazirligidan ketdi


Sobiq bandlik vaziri Behzod Musayev.
Sobiq bandlik vaziri Behzod Musayev.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Botir Zohidovni kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangan.

Bu haqda 23-sentyabr kuni prezident raisligida o‘tgan hukumat yilishida e’lon qilindi.

Prezident matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilishicha, bir vaqtning o‘zida agentlik hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazilmoqda.

Hukumat yig‘ilishida vazirlik faoliyati "mutlaqo boshqacha bo‘lishi" aytilgan. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.

Sobiq bandlik vaziri Behzod Musayev esa Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayinlangan.

51 yashar Musayev bungacha Sog‘liqni saqlash vaziri, Soliq qo‘mitasi rahbari va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Behzod Musayev 2010-2011-yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, o‘sha paytlardagi rais general Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan va ochiqlanmagan sabablarga ko‘ra ishdan ketgan edi.

Ichki ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Behzod Musayev ismli shaxs (surati ilova qilinmagan) O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining oltita moddasi¸ xususan¸ 167-modda ( O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)¸ 175-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish)¸ 178-moddasi (Chet el valyutasini yashirish)¸ 179-moddasi (Soxta tadbirkorlik)¸ 184-moddasi (Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) va 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) da ko‘zda tutilgan jiddiy iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanganib¸ qidiruvga berilgan.

Oradan qisqa muddat o‘tib, Ozodlik manbalari Musayevning AQSHdan siyosiy boshpana olgani bunga esa O‘zbekistonda unga nisbatan hozirlanayotgan jinoyat ishidan xabar topgani sabab bo‘lganini iddao qilgandi. O‘sha paytda ham, keyinchalik ham bu xabarlar rasman tasdiqlanmagan.

Musayevning o‘zi yoki boshqa rasmiylar hozirgacha bu xabarlarni sharhlamagan.

XS
SM
MD
LG