Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

IHЕS Ozodlikning ozarbayjon xizmati foydasiga qaror chiqardi


Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi binosi
Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi binosi

Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHЕS) Ozarbayjon hukumatining Ozodlik ozarbayjon xizmati (“Azadliq radiosu”) saytini blokirovka qilish qarorini Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi konvensiyaning buzilishi bo‘lib hisoblanadi, deb topdi.

Sud qaroriga muvofiq, Ozarbayjon hukumati ko‘rilgan zarar uchun tovon puli va boshqa xarajatlarni qoplash uchun har bir arizachiga umumiy hisobda 6000 yevrodan (6500 AQSH dollari) to‘lashi lozim.

Ozodlikning ozarbayjon xizmati sayti Bokudagi sud qaror bilan 2017-yilda blokirovka qilingan edi. O‘sha paytda saytda “zo‘ravonlik va diniy ekstremizmni targ‘ib qiluvchi hamda ommaviy tartibsizliklarga chaqiruvchi” kontent joylangani iddao qilingandi.

Ozarbayjonga qarshi da’vo arizasiga yana to‘rtta ommaviy axborot vositasi — “Azadliq” gazetasi va “Meydan TV”, “Turan TV”, “Azerbayjan saati” telekanallari qo‘shilgan. Ularga “kishini yanglishtiruvchi yolg‘on va bo‘hton axborot” yoyinlaganlik ayblovi qo‘yilgan.

Arizachilar saytlar blokirovka qilinishiga asosan hukumatni tanqid qilganlik va korrupsiya to‘g‘risidagi xabarlar sabab bo‘lganini iddao qilishgan.

Ozodlikning ozarbayjon xizmati sayti mamlakat prezidenti Ilhom Aliyevning oilasi va uning yon-atrofidagi shaxslarga aloqador bo‘lgan moliyaviy operatsiyalar haqida jurnalistik surishtiruv yoyinlanishi ortidan blokirovka qilingan edi.

XS
SM
MD
LG