Линклар

 
Ikki kunda 110 kilodan ziyod narkotik modda musodara qilindi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:19

Ikki kunda 110 kilodan ziyod narkotik modda musodara qilindi


Toshkent yaqinidagi zavod pechida giyohvand moddalarning yoqilishi (arxiv surati)
Toshkent yaqinidagi zavod pechida giyohvand moddalarning yoqilishi (arxiv surati)

Joriy yilning 3-4-fevral kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Qoradori” tadbirida 112 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) va 8 mingdan ziyod kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarqatilishi oldi olingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Vazirlikka ko‘ra, ikki kun ichida DXX bilan hamkorlikda giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbir o‘tkazilgan.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 dollar va 569 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.

Tadbirlar doirasida 175 ta tig‘, 58 ta bita, 24 ta kastet va 77 ta qurol ham musodara qilingan.

IIV qaydicha, qo‘zg‘atilgan 222 ta jinoyat ishi doirasida 228 nafar shaxs jinoiy, 64 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan. 357 nafar shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularning 231 nafari rasman ogohlantirilgan.

IIV kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettirilishini bildirgan.

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil mobaynida mamlakatga bir tonnadan ortiq giyohvandlik moddalar olib kirilishining oldi olingan.

Avvalroq Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov O‘zbekistonda 2019−2024-yillar oralig‘ida narkojinoyatlar soni ikki baravarga ko‘payganini ma’lum qilib, mamlakatda “dorixona narkomaniyasi” avj olganidan xavotir izhor qilgan edi.

XS
SM
MD
LG