Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:13

Ikki qo‘shni-ikki xil yondashuv: Toshkent va Dushanbe Tolibonga nisbatan farqli mavqelarni egalladi


Prezidentlar - Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev- Dushanbe, 11 - iyun, 2021.
Prezidentlar - Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev- Dushanbe, 11 - iyun, 2021.

16 - sentabr kuni Tojikiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitiga mezbonlik qiladi. Afg‘onistondagi vaziyat Rossiya va Xitoy yetakchiligidagi tashkilot anjumani kun tartibidagi asosiy masalalardan bo‘lishi kutilmoqda.

Afg‘onistonga qo‘shni ikki davlat - O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari sammitdan tashqarida ham ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi e’lon qilingan. Ikki qo‘shni davlatning Tolibon borasida tutgan mavqeidagi farq, ayniqsa, mintaqaviy integratsiya sari otilgan muhim odimlar manzarasida yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda.

Ammo agar prezident Mirziyoyev, Rahmonni o‘zi do‘stlik qo‘lini cho‘zayotgan Tolibon bilan hamkorlikka ko‘ndirmoqchi bo‘lsa, bu ishda u mutlaq yolg‘iz emas. Nafaqat O‘zbekiston, balki Shanhay Hamkorlik Tashkilotidagi yetakchi davlatlar bo‘lgan Rossiya va Xitoy ham toliblarga xayrxohlikni saqlab qolmoqda.

AQShdagi “Center for Naval Analyses” tahlilchisi Umida Xoshimovaning Diplomat nashridagi maqolasida yozishicha, Toshkent Tolibonga nisbatan “kutish va qabul qilish” mavqeida turgan bo‘lsa, Dushanbe bu guruhga qarshiligini oshkora bildirmoqda.

Toshkentning Afg‘onistondagi hukumatdan kutayotgani uning turli raqib guruhlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv hukumat bo‘lishidir. Ammo faqat Tolibondan iborat hukumat ham Toshkentni qoniqtiradigan ko‘rinadi. Yaqinda O‘zbekiston prezidenti “mudofaa qudratimiz har qanday vaziyatga tayyor, vaziyatni nazorat qilib turibmiz. Lekin meni o‘ylantirgani - ular bizning jonajon qo‘shnimiz, ular ham ko‘chib keta olmaydi, biz ham”, deganida bu bayonot yaqinda e’lon qilingan faqat Tolibondan iborat hukumatni qabul qilishdek yangradi, deydi maqola muallifi.

Mirziyoyevning bayonotida Toshkent Afg‘onistonda yuzaga keladigan har qanday vaziyatni ham diplomatik, ham harbiy yo‘l bilan yumshatishga tayyorligi ham ta’kidlangan. Prezidentga ko‘ra, ana shu sababli mamlakat Tolibon bilan ertaroq muzokaralarga kirishgan. Bundan tashqari, Toshkent va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari Afg‘onistondagi notinchlikka tortilib ketmasligiga Tolibon va’da bergan. Tolibon buni ham Moskvada, ham Dohadagi muzokaralar chog‘ida takrorlagan edi.

O‘zbekiston, shuningdek, o‘zini na Tolibon tomon va na G‘arb tomon sifatida ko‘rsatishni istaydi. Toshkent Afg‘onistondagi tojik va o‘zbek qarshilik kuchlari a’zolari o‘z hududida ekani haqidagi mish-mishlarni ham rad etgan. Avvalroq qarshilik kuchlari etakchilari vaqtinchalik O‘zbekistonda ekani haqida xabarlar chiqqan edi. Boz ustiga, Toshkent boshqa Markaziy Osiyo davlatlari kabi Bayden ma’muriyatining amerikaliklarga yordam bergan 9000 nafar afg‘onga o‘z hududlarida vaqtincha boshpana berish so‘rovini ham javobsiz qoldirgan. Keyinroq O‘zbekiston o‘zining bir aeroportini Germaniyaga 4400 nafar afg‘on dohil 5300 nafar odamni evakuatsiya qilishi uchun ochib qo‘ydi.

"Янги Ўзбекистон"-"Янги Толибон": Аёллари тан олмаган Толибонни илк Тошкент қутлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:37 0:00

Markaziy Osiyodagi ham iqtisodiy, ham harbiy tomondan eng zaif bo‘lishiga qaramay, Tojikiston Tolibonga qarshi tikkasiga gapirishdan tap tortmayapti. Prezident Emomali Rahmon tolibonning ashaddiy dushmanlari bo‘lgan marhumlar Burhoniddin Rabboniy va Ahmad Shoh Ma’sudni mamlakatning oliy mukofoti bilan taqdirladi.

25 - avgust kuni Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy Markaziy Osiyoga tashrif buyurganda Rahmon Afg‘oniston yangi hukumatining tarkibi haqida qattiq gaplar aytgan va unga etnik tojiklar ham kiritilishi shartligini ta’kidlagan. “Tojikiston bu mamlakatda barcha afg‘onlarni, ayniqsa, etnik ozchiliklarni qamrab olmagan, bosim bilan shakllantirilgan hech bir hukumatni tan olmaydi”, deb aytgan Rahmon.

Toshkent esa kelgusida siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik hamkori sifatida Tolibon o‘zini qanday qabul qilishiga nihoyatda ehtiyotkor yondashmoqda. O‘zbekistonda rasmiylar ehtimoliy oqibatlarga tayyor turganliklari, hukumat hammasini nazoratda ushlab turgani, Afg‘onistondagi hodisalar O‘zbekistonga yoyilmasligiga kafolat berishga urinmoqda, deb yozadi Diplomat nashridagi maqola muallifi.

XS
SM
MD
LG